#Zangiota_tuman_akm
📅 10-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tuman Madaniyat saroyida "Ayol qadri ulug‘langan yurt" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ekspertlar kengashi a’zosi, Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor, xalqaro toifadagi spiker, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhammedova Toshpo‘latovna ishtirok etdi.
📚 Tadbir davomida ayolning oila va jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, farzand tarbiyasidagi mas’uliyati, yurt ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnati, shuningdek, mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr almashildi.
Tadbir doirasida axborot-kutubxona markazi mutaxassisalri tomonidan mavzuga mos kitob ko’rgazmasi tashkil etildi hamda ko’rgazmaga qo’yilgan Sh.Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O’zbekiston”, B.Mirzoning “Mustaqillikning zalvorli odimlari”, K.Turdiyevaning “Sog’inchlar sochilgan bekatda” kitoblarining targ’iboti olib borildi.
👥 Tadbirda 215 nafar mahalla faollari, ayollar, kitobxonlar va yoshlar ishtirok etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram
#Zangiota_tuman_akm
📆 03-noyabr, 2026-yil
📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 02-noyabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-oktabr, 2026-yil
📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-oktabr, 2026-yil
📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 27-oktabr, 2026-yil
📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …