#Zangiota_AKM
#INFOLIB_O”ZBEKISTON_2022
#XI_MILLIY_AXBOROT_KUTUBXONA_HAFTALIGI
2022-yil 31 oktyabr – 4 noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi va uning tasarrufidagi hududiy axborot-kutubxona markazlarida an'anaviy "INFOLIB O'ZBEKISTON–2022" XI MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI doirasida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida haftalikning ochilishi tantanali ravishda bo`lib o`tdi. Tadbir O‘zbekiston xalq yozuvchisi, tarixshunos, fan arbobi, O‘zbekistonning badiiy tarixiy o‘tmishining qayta yaratilishiga ko‘p kuch va vaqt sarflagan, 1981 yil “Yulduzli tunlar” romani uchun Hamza nomidagi respublika davlat mukofoti taqdim etilgan taniqli yozuvchi, mehribon ustoz, sodda va samimiy inson Pirimqul Qodirov tavalludi kuniga bag`ishlandi. Adibning kitoblaridan “Ulug` insonlar doimo barhayot” rukni ostida kitob ko`rgazmasi tashkil qilindi. AKM direktori S.Axmedova tomonidan Pirimqul Qodirov iqtidorli tashkilotchi sifatida milliy g‘oya tamoyillarini keng targ‘ib qilib, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tinimsiz mehnat qilganligi, so‘nggi yillar u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida nasr bo‘yicha rais bo‘lib ishlaganligi hamda ko‘plab yosh iqtidor sohiblari uchun talabchan va mehribon ustoz bo‘lganligi, uning o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivoji oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib ravishda baholangaligi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” va “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvonlariga sazovor bo‘lganligi hamda “El-yurt hurmati” va “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlanganligi haqida gapirdi. AKM xizmati rahbari B.Fayziyeva tomonidan adibning “Ona lochin vidosi” nomli kitobining taqdimoti o`tkazildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …