Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
8 мая 2024 г.
Inson qadri boqiy, xotirasi – muqaddas

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
9 may Xotira va Qadrlash kuni
Inson qadri boqiy, xotirasi – muqaddas
Xotira kechasi
Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir. 9 mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida tinchlikning qadriga yetish targ‘ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng 9 mayni Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan har bir xalq  o‘zicha eslaydi, qurbonlarini o‘zicha xotirlaydi, faxriylarni ham o‘zicha qadrlaydi. O‘z mustaqilligiga erishgan davlatlar ichida O‘zbekiston buning chinakam namunasini ko‘rsatdi. Xotira va Qadrlash kuni endi o‘zgacha mazmun-mohiyat kasb etdi, endi u xalq xotirasi va insonni qadrlash kuniga aylandi.
Xotira va Qadrlash kunida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirlanadi, Afg‘oniston urushida halok bo‘lganlar sho‘ro siyosatining begunoh qurbonlari sifatida eslanadi, umuman, o‘tganlar ruhi yodga olinadi, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltiriladi. 9 mayning Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilinishi bizda siyosatning insoniylashganidan, davlatning hazrati insonga qayishganidan dalolat beradi. 
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida 9 may Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan  “Inson qadri  boqiy, xotirasi – muqaddas” nomli xotira kechasi tashkil etildi. Unda 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirda ikkinchi jaxon urushidagi qonli janglarda  xalok bo‘lgan  hamda front ortida fidokorona mehnat  qilib vafot etgan O‘zbekiston farzandlarini xotirlab, hamon oramizda bo‘lganlarni esa qadrlamog‘imiz lozimligi haqida gapirildi. O‘quvchilar  Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan she’rlardan o‘qib berdilar hamda kutubxona bo‘ylab ekskursiya o‘tkazilib, “O‘zbekiston Ikkinchi jaxon urushi davrida“ va “Matonat madhiyasi”nomli kitoblarining targ‘iboti olib borildi. Tadbir so‘nggida o‘quvchilar  motamsaro ona haykalini ziyorat qildilar.

21 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 21-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …

Batafsil
20 июля 2026 г.
“Islom e’tiqodi ustozi”

#Zangiota_tuman_akm

📅 20-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …

Batafsil
17 июля 2026 г.
“Kitobxon ona-millat fahri”

#Zangiota_tuman_akm

📅 17-iyul, 2026-yil

Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”

 

🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …

Batafsil
16 июля 2026 г.
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi

#Zangiota_tuman_akm

📅 16-iyul, 2026-yil

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.

 

🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …

Batafsil
15 июля 2026 г.
“Qat-qat qatlama aqling yetsa tashlama”

#Zangiota_tuman_akm

📅 15-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …

Batafsil
14 июля 2026 г.
“Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida”

#Zangiota_tuman_akm

📅 14-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.

📚 Unda har …

Batafsil