Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
17 декабря 2022 г.
“Kitobxon ona – oila ma`naviyatining ko`zgusi”

Kitoblari yo’q xonadon – xuddi ruhsiz tanaga o’xshaydi. Oilada tarbiyaning barcha mezonlari shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyati ham shu maskandan boshlansa yaxshi samara beradi. Oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand ham kitobga oshno bo’ladi, bunday bolalarning dunyoqarashi, fikrlash doirasi keng bo’ladi, xushmuomala, mehribon, boshqalarga iloji boricha yaxshilik qilishga urinadigan, har bir aytayotgan so’zi, qilayotgan ishini o’ylab bajaradigan, bir so’z bilan aytganda, o’zida barkamol shaxs xislatlarini namoyon qilishga harakat qiladigan ziyoli farzand bo’lib voyaga yetadi. Xalqimizning ajoyib udumlari, an’analari behisob. Ammo ular orasida bir an’ana borki, u haqda har qancha so’zlasang shunchalar oz. Sababi, eng yaqin do’st, eng zarur hamroh bo’lgan kitob, insoniyat kashf etgan ixtirolarning eng buyugi va eng qadrlisi, zamonlar o’tsa-da, o’z o’rnini hech nimaga bo’shatib bermagan mo’jizadir. An`anaga muvofiq dekabr oyining 17 sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi ham yuqoridagi fikrimizning yorqin dalilidir. Joriy yilning 17 dekabr kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida uy bekalarining bosh vaqtini mazmunli o`tkazish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish, oilalarda adabiy immunitetni shakllantirish maqsadida “Kitobxon ona – oila ma`naviyatining ko`zgusi” nomli kitobxonlik soati o`tkazildi. Tadbirga yig`ilgan onalar takror va takror o`qiydigan kitoblari, sevgan adabiy qahramonlari, ba`zilari o`qigan kitoblari ularni o`zgartirgani haqida jo`shib so`zladilar. Tadbir ishtirokchilari tomonidan “Men sevgan kitob” nomli o`zlari sevib o`qigan kitoblarining taqdimoti  o`tkazildi. Taqdimot o`tkazgan onalar orasida Nasiba Ubaydullayeva tomonidan o`tkazilgan Toxir Malikning “Odamiylik mulki” kitobining taqdimoti yig`ilganlarda katta taassurot uyg`otdi. Nasiba Ubaydullayeva “Eng faol kitobxon ona”  deb topilib, axborot-kutubxona markazi direktori S.Axmedova tomonidan faxriy yorliq hamda kitob jamlanmasi bilan taqdirlandi. Tadbirga yig`ilgan ayollar kutubxona fondidagi adabiyotlar, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, o`zlari qiziqgan kitoblardan o`qish uchun oldilar.

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil