⚡️Inson zoti yaralibdiki, doimo unda fikrlar jamlanmasi bo‘lmish g‘oyalar birga yashaydi. Maxluqotlar ichida inson ongga egaligi sababli boshqalardan ayri xususiyatlarga ega. Barcha zamon va makonlarda g‘oya insoniyat jamiyatiga ta’sir o‘tkazuvchi katta kuch bo‘lib kelgan. Chunki, g‘oya ijtimoiy ahamiyatga ega hodisadir. Dastlab g‘oyalar alohida shaxslarning zehnida paydo bo‘lib, bora bora butun jamiyatga yoyiladi, hattoki, yer kurrasining barcha qismiga tarqalib global tus olishi ham mumkin.
⚡️Kelajagimiz bunyodkorlari bo`lmish yoshlarni turli hil yod g`oyalardan asrash, vaqtlarini foydali mashg‘ulotlar bilan o‘tkazishlari, turli kasblar o‘rganishlarini yo‘lga qo‘yish, ayniqsa kitobga bo`lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida 2023 yil 8 avgust kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zangiota tuman bo’linmasi hamkorligida 14-IDUMning o’quvchi qizlari ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʼlib oʼtdi.
⚡️Tadbir doirasida yoshlarimizni boʼsh vaqtlarini unumli oʼtkazishlari uchun AKMga yangi kelgan psixologik kitoblar tavsiya qilindi. Bugungi kunda oʼquvchi qizlarimiz oʼrtasida sodir boʼlayotgan jinoyatlar turli xil yot gʼoyalar taʼsiriga tushib qolish kabi holatlar aniqlanganligi yoshlarimiz oʼz hayotlariga befarq boʼlmasliklari kerakligi haqida tushuncha berildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 03-noyabr, 2026-yil
📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 02-noyabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-oktabr, 2026-yil
📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-oktabr, 2026-yil
📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 27-oktabr, 2026-yil
📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …