Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
10 ноября 2025 г.
Qadriyatlar qadr topgan yurt

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
INFOLIB O’ZBEKISTON – 2025
Qadriyatlar qadr topgan yurt
 Bugun Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi va uning tizimidagi barcha axborot-kutubxona markazlarida “INFOLIB O’ZBEKISTON – 2025” XIV  Milliy axborot-kutubxona haftaligi “Yangi O‘zbekiston kutubxonachilari- Sun’iy intillekt orqali yuksak marralar sari!”  shiori ostida hamda  Yosh kutubxonachilar V forumi o’z ishini boshladi. O‘n to’rtinchi marta o‘tkazilayotgan ushbu haftalik mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kutubxonachilik sohasidagi eng yaxshi ish tajribasini ommmalashtirish, ziyo maskanidagi eng yaxshi va yangi imkoniyatlar bilan kitobxonlarni yaqindan tanishtirish kabi maqsadlarni ko‘zlaydi. 
“INFOLIB O’ZBEKISTON-2025” axborot-kutubxona haftaligi doirasida tumandagi  Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Qadriyatlar qadr topgan yurt” nomli kitobxonlik soati bilan haftalikning otantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.  
Tadbirda Mustaqillik qanchalik ulug‘ ne’mat ekanligi haqida o‘sha sobiq mustabid tuzumni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, milliy qadriyatlarimiz toptalgan mudhish kunlarni boshidan kechirganlar aniq bilishlari, hozirgi kunda  iqtisodiyot bilan bir qatorda ma’naviyat, milliy qadriyatlar ham tiklanganligi haqida gapirib o’tildi. Mutaxassislar tomonidan  “Qizimni tarbiyalayapman”, “Xotin-qizlar ensiklopediyasi”, “Milliy an’analar davomchilari”, “Eng sara allalar”, T.Malikning “Kelinlar daftariga”  kitoblarining targ’iboti olib borilib,  o’qish uchun tavsiya qilindi.  Tadbir   Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Zangiota tumani bo’linmasi bilan hamkorlikda o’tkazildi.  Unda 200 nafar o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil