Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
22 апреля 2024 г.
Avlodlar yod etar ehtirom ila

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi  

Kitobxonlik haftaligining ochilishi

Avlodlar yod etar ehtirom ila

Xotira kechasi

Bugun Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida an’anaviy “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilishi va “Men sevgan adib” loyihasi doirasida o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlangan “Avlodlar yod etar ehtirom ila” deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, tuman Madaniyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Axborot-kutubxona markazi rahbari S.Axmedova, RMMM tuman bo‘linmasi rahbari G. Tursunova, 14-maktab oliy toifali o‘qituvchilari D. Gʻulomova, M. Niyozovalar so‘zga chiqib, mazkur haftalikning mohiyatini alohida ta’kidlab, haftalik doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etishda ahamiyati beqiyos ekanligiga urg‘u berdilar.

Shuningdek, tadbirning ikkinchi qismida jadid adabiyoti namoyondalaridan biri, milliy adib, millatning jonkuyar ijodkori bo‘lgan Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. 14- umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan adib asarlari asosida tayyorlangan badiiy chiqishlar, “O‘tkan kunlar” asari qaxramonlari Otabek, Kumush va Zaynab monologlari va Madaniyat bo‘limi qoshidagi “Hosil” xalq maqom ansambli tomonidan ijro etilgan jonli ijrodagi qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Eslatib o‘tamiz, haftalik doirasidagi tadbirlarimiz davom etadi.

25 августа 2026 г.
Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi

📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …

Batafsil
24 августа 2026 г.
Ozod Vatan-porloq kelajak

#Zangiota_tuman_akm

📆 24-avgust, 2026-yil
 

📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …

Batafsil
21 августа 2026 г.
Yashnayver, hur O‘zbekiston!

#Zangiota_tuman_akm

📆 21-avgust, 2026-yil
 

📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …

Batafsil
20 августа 2026 г.
Bir kunlik rahbar

#Zangiota_tuman_akm

📆 20-avgust, 2026-yil
 

📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …

Batafsil
19 августа 2026 г.
Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!

#Zangiota_tuman_akm

📆 19-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …

Batafsil
18 августа 2026 г.
Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!

#Zangiota_tuman_akm

📆 18-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …

Batafsil