Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
15 июня 2026 г.
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi fondi jadidlar merosi bilan boyitildi!

#Zangiota_tuman_akm

📅 15-iyun, 2026-yil

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi fondi jadidlar merosi bilan boyitildi!
 

🏛Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida nihoyatda qutlug’ va ma’rifiy voqea bo’lib o’tdi.  “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy haftalik gazetasi mas’ullari bilan hamkorlikda yangi chop etilgan  uchta noyob kitobning taqdimoti o’tkazildi.

📚 Bular: -“Tilda, fikrda, ishda birlik!”
           - “Millat fidoyilari”
           -“Botmasin chiqqan quyosh”  nomli asarlardir.
        Ushbu nufuzli taqdimotda  respublikamizning taniqli ziyolilari, olimlar qatorida Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi rahbari S.Axmedova  ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida loyiha ijodiy guruhi tomonidan  Zangiota tumani axborot-kutubxona markaziga milliy ma’naviyatimiz va jadidchilik tarixini keng yorituvchi, yuqori ilmiy-tarixiy qimmatga ega ushbu uch nomdagi yangi kitoblar sovg’a qilindi. Bugungi kunda mazkur adabiyotlar kutubxona fondini boyitib, kitobxonlar ixtiyoriga topshirildi. Jadid bobolarimizning g’oyalari, milliy o’zlikni anglash yo’lidagi kurashlari aks etgan ushbu asarlar aholi, ayniqsa yosh kitobxonlarda katta qiziqish uyg’otmoqda va qo’lma-qo’l o’qilmoqda.
      📚  Siz ham ushbu durdona asarlarni o’qishga shoshiling!


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram

21 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 21-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …

Batafsil
20 июля 2026 г.
“Islom e’tiqodi ustozi”

#Zangiota_tuman_akm

📅 20-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …

Batafsil
17 июля 2026 г.
“Kitobxon ona-millat fahri”

#Zangiota_tuman_akm

📅 17-iyul, 2026-yil

Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”

 

🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …

Batafsil
16 июля 2026 г.
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi

#Zangiota_tuman_akm

📅 16-iyul, 2026-yil

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.

 

🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …

Batafsil
15 июля 2026 г.
“Qat-qat qatlama aqling yetsa tashlama”

#Zangiota_tuman_akm

📅 15-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …

Batafsil
14 июля 2026 г.
“Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida”

#Zangiota_tuman_akm

📅 14-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.

📚 Unda har …

Batafsil