Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Imom at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi
Imom Termiziy ilmiy merosi
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Bugun axborot-kutubxona markazida buyuk muhaddis olim Imom at-Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlangan “Imom Termiziy ilmiy merosi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni, uning hadisshunoslik sohasidagi hizmatlari haqida gapirdilar. Shuningdek buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, yoshlarga, farzandlarimizga o‘rgatish orqali ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish haqida so‘z yuritildi. Tadbirda tuman bosh imom xatibi I. Shokirov, kanvoyi otaxon va onaxonlar , tuman otinoyilari va yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir so‘ngida kutubxona mutaxassislari tomonidan M.Kenjabekning “Buyuk Termiziylar”, M.Abdulboqiyning “Marvarid marjonlar”, B.Parpiyevning “Termiziy allomalardan oltin o‘gitlar”, U.Uvatovning “Buyuk yurt allomalari” kitoblari o‘qish uchun tavsiya qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 31-iyul, 2026-yil
📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-iyul, 2026-yil
“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”
⛹️♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …