Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Jadidlar- milliy ma’naviyatimiz asoschilari
Kitobxonlik soati
Hozirgi davrga kelib, jadidchilik ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida e’tirof etildi, uning xizmatlari tan olindi. Jadid adabiyoti milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida baholanib, o‘nlab kitoblar, turli asarlar nashr etilmoqda, ko‘plab xayrli ishlar ko‘lami kengaymoqda. Kyeyingi yillarda asrlar davomida orzu qilingan, jadidlar ham intilib kelgan ezgu g‘oyalar amalga oshmoqda, yurtimizda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish imkoni paydo bo‘ldi. Jadidchilik xarakati namoyondalarining yosh avlodni sog‘lom, barkamol avlod qilib shakllantirishda ma’rifatparvarlik, odob-ahloq borasidagi qarashlari tahlil qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi 2024 yil 19 iyuldagi PQ 270-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan bugun 24-sonli tarbiya koloniyasida jadid namoyondalarining hayoti, ularning ijodiy meroslari, orzu-intilishlariga bag‘ishlangan “Jadidlar- milliy ma’naviyatimiz asoschilari” nomli kitobxonlik soati tashkil etildi. Tadbirda buyuk jadid bobolarimizning shonli hayot yo‘llari haqida ma’lumotlar berilib, “Jadid adabiyoti namoyondalari” nomli turkum kitoblar to‘plami o‘qish uchun tavsiya qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 31-iyul, 2026-yil
📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-iyul, 2026-yil
“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”
⛹️♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …