🖋Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyot insonshunoslik, shoir va yozuvchilar inson ruhining muhandislaridir. Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib kelgan.
📚Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan, tuman hokimligi rahbarligida, madaniyat bo`limi bilan hamkorlikda aholiga ma`naviy ozuqa berish, ularni adabiyotga bo`lgan qiziqishini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” nomli bosh g‘oya ostida shoir Rustam Mirvohidning “Seningdirman” nomli kitobi taqdimotini o‘tkazildi.
✅Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod, shoir Shavkat Odiljon, “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Nikolay Ilin, O‘zbekiston xalq xofizi Erkin Ro‘zimatov hamda estrada xonandasi Shuhrat Daryo va “Seningdirman” kitobi muallifi Rustam Mirvohidlar ishtirok etdilar.
Tadbirni Zangiota tumani hokimi o`rinbosari S.Nasirov ochib berdi.
🖋 “Seningdirman” nomli she’riy to‘plam haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashish maqsadida, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod so`zga chiqdi.
🖋Shundan so`ng, O‘zbekiston xalq hofizi Erkin Ro‘zimatov va xonanda Shuhrat Daryolar Rustam Mirvohid she`rlariga kuylagan qo`shiqlarini ijro etib, yig`ilganlarga hush kayfiyat ulashdilar.
📎Kechaga kreativ tus berish hamda tadbir ishtirokchilarining adabiy bilimlarini sinab ko`rish maqsadida shoir ijodiga bag`ishlangan “Zakovat” intellektual o`yini o`tkazildi. G`oliblarga Rustam Mirvohidning “Seningdirman” she`riy to`plami muallif tomonidan sovg`a qilindi.
📖Tadbirning asosiy qismida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi Katta referenti, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi Tursunov Rustam Mirshohidovich ( shoir Rustam Mirvohid)ga so`z berildi. U o`zining hayot yo`li, ijodi, to`plamning yaratilish jarayonlari haqida yig`ilganlar bilan o`rtoqlashdi.
📝So`z navbati, tadbir tashkilotchisi, axborot-kutubxona markazi direktori S.Axmedovaga berilib, Rustam Mirvohid sheʼrlarida joziba, oʻziga xos ohangrabo borligi, uning turli mavzularda yozgan gʻazal va sheʼrlari oʻquvchini mushohadaga chorlashi, shoir ijodida mumtoz adabiyot anʼanalariga muhabbat yaqqol sezilib turishi to`g`risida gapirib, taklifini rad etmay tumanimizga tashrif buyurgan mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …