Inson yuragi ham bir olam. Uning ham bahor va kuzlari, tong va tunlari, orom va zilzilalari bor. She’riyat yurak sadosi bo‘lganidan ana shu murakkab tuyg‘ular olamini ifoda qiladi. Shuning uchun ham bir she’rni o‘qib quvonsak, ko‘ksimiz surur va iftixor tuyg‘ulariga to‘lsa, ikkinchi bir she’rni o‘qib xayolga tushamiz, inson dardlariga oshno bo‘lamiz. Oʻzbek sheʼriyatida nozik didli, betakror koʻrish qobiliyatiga ega shoirlar koʻp. Shulardan biri xalqimizning suyukli farzandi Muhammad Yusufdir. Uning nomini eshitmagan, loaqal u yozgan she’rlarining bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz bo’lmasa kerak. Uning yozganlari nihoyatda dolzarb mavzuda o’ta jiddiy. Lekin xalq diliga juda yaqin va ravon tilda yozilardi. U qo’shiqlari bilan emas xalq dardini baralla aytgan yurt muhabbati hech kimga o’xshamagan misralarda ta’riflangan she’rlari bilan tanildi, shuhrat qozondi. 2022 yil 25 may kuni Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi Zangiota tuman bo‘linmasi, tuman axborot-kutubxona markazi, xalq ta`limi bo`limi, 39-sonli umumta`lim maktabi bilan hamkorlikda “Vatanni sevishni shoirdan o`rganing” nomli xotira kechasi bo`lib o`tdi. Kechada O`zbekiston yozuvchilari uyushmasi a`zosi, sevimli shoirimizning rafiqasi Nazira as Salom ishtirok etib, shoirning iliq xotiralari bilan bo`lishdi. O`quvchilar tomonidan she`r qo`shiqlar ijro etildi. kutubxona xodimlari tomonidan adibning hayot yo`li va ijodi haqida ma`lumotlar berilib, “Quyoshga qarab oqqan suv” hamda “Elimda alyorim qolur” nomli kitoblarining targ`iboti o`tkazildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 31-iyul, 2026-yil
📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-iyul, 2026-yil
“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”
⛹️♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …