Zangiota tumani axborot-kutubxona markaxi
Milliylik qonimizda
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
O‘zbek xalqining milliy urf-odatlari, an’analari va marosimlari xalqning asrlar davomida shakllangan boy ma’naviy merosini ifodalaydi. Milliylik, qadriyatlar- bu shunchaki odatlar emas, balki avlodlar qalbini bog'lovchi muqaddas ipdir, xuddi atlas kabi unda avloddan-avlodga o'tib, iymon, an'ana va ma'naviy meros naqshi kabi davom etadi. Milliy marosimlar orqali oila mustahkamlanadi, mahalla va qo‘shnichilik aloqalari rivojlanadi, jamiyatda birlik va totuvlik qaror topadi. Shu bois o‘zbek xalqining an’analari nafaqat madaniy meros, balki tarbiyaviy maktab sifatida ham qimmatlidir.
Joriy yilning 15- dekabr kuni “Milliylik qonimizda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Unda milliy urf-odatlar nafaqat ijtimoiy hayotda, balki tarbiyaviy jarayonda ham muhim o‘rin tutishi, har bir marosim – bola tug‘ilishi, to‘y, hosil bayramlari yoki diniy udumlar – jamiyatda birdamlik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni mustahkamlashga xizmat qilishi haqida so'z yuritildi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan J.Shermuhammedovaning “Hayotim falsafasidan bir tomchi”, A.Tilavovning “Ahloq-odob o’gitlari”, O.To’rayevaning “Donolar hikmati-hayot ziynati”, “Eng sara allalar” kitoblarining targ’iboti olib borildi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 9-aprel, 2026-yil
📚 Buyuk Temuriylar davlati asoschisi, adolatli xalqparvar siyosatchi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan hamda Amir Temur va temuriylarning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini targʻib qilish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Buyuk salohiyat sohibi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan …
#Zangiota_tuman_akm
📅 9-aprel, 2026-yil
🏛️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 fevralda qabul qilingan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📅 8-aprel, 2026-yil
🏛️ Tumandagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Sohibqiron – Amir Temur" oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda "Zakovat" bilimdonlar bellashuvi tashkil etildi.
📚 Tadbirda o‘quvchilarga Amir Temurning hayot yo‘li, uning yuksak harbiy iste’dodi, dono siyosati va adolatli davlat boshqaruvi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Sohibqiron …
#Zangiota_tuman_akm
📅 7-aprel, 2026-yil
🏛️ O’quvchilarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Kitob bilan kelajak sari” nomli kitobxonlik soati tashkil etdilar.
📚 Tadbirda kitob o’qishning foydali tomonlari, hozirgi kunda o’quvchilarning …
#Zangiota_tuman_akm
📅 6-aprel, 2026-yil
📚Zamonaviy texnologiya va vositalar juda keng tarqalgan bugungi kunda yoshlarni, bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularni mutolaa jarayoniga jalb qilish murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda. Bola uchun kitob haqiqatan ham eng yaxshi sovg’a, ammo uni barcha bolalar birdek sevib o’qishni istamaydi.
🏛 O’quvchi-yoshlarning kitob mutolaasiga …
#Zangiota_tuman_akm
📅 3-aprel, 2026-yil
🏛️ Joriy yilning 3-aprel kuni Zangiota tumani axborot - kutibxona markazida tuman IIB va kutubxona xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot beruvchi “Siyosiy-ma'rifat soati" oʻtkazildi hamda rejaga asosan 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘lishi munosabati bilan …