Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
O’ZBEKISTON-KITOBXONLAR YURTI
V-Respublika KITOBXONLIK HAFTALIGI
O’zbekiston, jonim to’shay soyangga
She’riyat kechasi
Zakovat intellektual o’yini
Bugun “KITOBXONLIK HAFTALIGI”ning VI- kunida tumandagi ixtisoslashgan maktabda O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi kuniga bag’ishlab “O’zbekiston, jonim to’shay soyangga” nomli she’riyat kechasi hamda Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag’ishlab “Zakovat” bellashuvi o’tkazildi. Unda M.Yusuf o’zining qisqa, ammo mazmunli umri va ijodiy faoliyati davomida boy adabiy meros qoldirganligi, Vatan ozodligi, xalq baxti, yurtning nurafshon kelajagini yonib kuylagan iste’dodli shoirning asarlari millat e’tirofiga sazovor bo’lganligi va qalblardan chuqur joy olganligi haqida to’xtalib o’tildi. Shoir she’rlaridan yod olindi, qo’shiqlar ijro etildi hamda sahna ko’rinishlari namoyish etildi. M.Yusuf hayoti va ijodiga oid savollarga tez va mazmunli javob bergan “Ijodkorlar” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. Tadbir doirasida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitob ko’rgazmasi tashkil etildi va ko’rgazmaga qo’yilgan adabiyotlarning targ’iboti olib borildi. Tadbirda 120 nafar o’qituvchi va o’quvchilar ishtirok etdilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 31-iyul, 2026-yil
📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-iyul, 2026-yil
“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”
⛹️♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …