Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Xon atlas festivali
Atlas va adras – milliy qadriyatlarimiz jilosi
Fleshmob
Atlas, adras, beqasam, shoyi kabi koʻzni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bagʻishlaydigan milliy matolarimiz butun dunyoga mashhur.
“Atlas” so‘zi arab tilidan tarjima qilganda tekis, silliq degan ma’noni anglatadi. Alohida ishlov berib atlasga jilo beriladi. Shunga ko‘ra u tovlanib turadi. Atlasning tabiiy ipakdan to‘qilgan eng a’lo navi sakkiz tepkili xonatlas deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilish hamda to‘qilish usulidadir. “Xon atlas” festivali doirasida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari aholi gavjum joylarda bo’lib “Xon atlas — milliyligimiz timsoli” nomli fleshmob o’tkazdilar. Unda milliy kiyimlar, milliy urf-odatlar, milliy an’analar, milliy taomlar haqidagi savollarga to’g’ri javob bergan qatnashchilarga rag’batlantirish shaklida “A’lo” belgisi topshirilib, noto’g’ri javob berganlarga mavzu yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida 20 nafardan ortiq tumandoshlar bilan suhbat o’tkazildi. Milliyligimizga oid bilimlarni mustahkamlash uchun “Asriy an’analar davomchilari”, “O’zbekiston hunarmandchiligi durdonalari”, “O’zbek taomlari”, Zulfiyaning “Yana bahor keldi seni so’roqlab”, E.Vohidovning “O’zbegim” nomli kitoblar o’qish uchun tavsiya qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …