Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Mard o’g’lonlar-yurt qalqoni
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir
Bugun, 12-yanvar kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida 14-yanvar, “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan kutubxonamizda “Mard o’g’lonlar-yurt qalqoni” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o’tkazilib, “Fidosi bo`l shu yurtning” nomli kitob ko`rgazmasi tashkil etildi. Tadbirga Sergeli tumani harbiy o`quv maktabi o`quvchilari tashrif buyurdilar. Tadbir davomida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik,Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash,Ona Vatanni asrab-avaylash har bir insonning,ayniqsa yoshlarning burchi ekanligi ta’kidlandi. Mutaxassislar tomonidan mavzuga oid yangi adabiyotlar o’qish uchun tavsiya qilindi. Kutubxonada o’tkazilayotgan bunday tadbirlar yosh avlodning bilimini oshirish, ularda yurt tinchligi va osoyishtaligini asrashga boʻlgan masʼuliyat tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qilmoqda hamda yoshlarni maʼnan yetuk, Vatan ravnaqi yoʻlida fidoyi boʻlib kamol topishida muhim o’rin egallaydi. Tadbir so’ngida mutaxassislar ko`rgazmadan joy olgan “Shaxdam qadamlar sehri”, “Shunqorlar – Vatan tayanchi” hamda “Temur tuzuklari” nomli kitoblarning targ`ibotini olib bordilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …