Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
23 апреля 2024 г.
Zangiota – muqaddas maskan

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi

Kitobxonlik haftaligi

Zangiota - muqaddas maskan

Davra suhbati

Respublikamizda milliy madaniyatimizni asrab-avaylash, rivojlantirish, yurtimizdagi tarixiy obida va yodgorliklarni qayta tiklash, o‘rganish va kelajak avlodlarga bus-butun yetkazish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.  Xalqimizning qadimiy tarixidan so‘zlaydigan noyob yodgorliklarni asrash, o‘rganish, tadqiq etish va kelajak avlodlarga yetkazish g‘oyat muhim vazifalardan biridir.

Shunday  noyob tarixiy me’moriy, madaniy-ma’rifiy majmua va tabarruk ziyoratgohlardan biri Zangi Ota majmuasidir. Bu majmua nainki O‘zbekiston, ayni chog‘da Markaziy Osiyo mintaqasidagi noyob tarixiy maskan hisoblanadi.

Zangiota tumanida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi”ning ikkinchi kunida “Zangiota – muqaddas maskan”mavzusidagi davra suhbatlari  axborot-kutubxona markazida  1-2-4 –umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchi hamda  o‘quvchilari va tuman tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlari bilan birgalikda o‘tkazildi.  So‘zga chiqqanlar bu majmuaning Sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod etilishi, temuriyzoda – olim va shoh Mirzo Ulug‘bek tomonidan ta’mirlanishi, keyingi davrlarda ayniqsa, mustaqillik yillarida bu moʻtabar maskanda amalga oshirilgan obodlik va bunyodkorlik ishlari haqida muhim ma’lumotlar berdilar. Tadbirda akademik Akmal Saidovning “Xazrat Zangi Ota”kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

Shuningdek, “Kitobxonlik haftaligi” doirasida

“Tanishaylik, men kitob!”mavzusida ochiq eshiklar kuni va kutubxona bo‘ylab sayohat parallel tadbirlari o‘tkazildi.

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil