#zangiota_akm
#kitobga_oshno_qalblar
Kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manbaa hisoblanadi. Kitob o‘qigan inson mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri ila boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob bilan oshno inson yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayadi.
Har qanday yangilik ham bir kun eskiradi, biroq insoniyatnint ming-ming yillar davomida qo‘lga kiritgan aqliy hamda fikriy durdonalarini o‘zida jamlagan kitoblar aslo eskirmaydi. Binobarin, kitob-hamisha ilm-ma’rifat, adab va axloq manbai bo‘lib kelgan. Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ham kitobdan ko‘ra qudratliroq vosita yo‘q. Inson aqliy salohiyatining yuksalishida kitobnish o‘rni beqiyos. Zero, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi.
Joriy yilning 27 mart kuni axborot-kutubxona markazi, tuman ma’naviyat bo‘limi bilan hamkorlikda Zangiota tumani tibbiyot texnikumida ”Kitob inson hayotining yo‘lboshchisidir” mavzusida kitobxonlik haqida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Yurakdan gaplashamiz” ko‘rsatuvi muxarriri, falsafa fanlari nomzodi, islomshunos va navoiyshunos olim Tog‘ayev Abdusamat Saidovich ishtirok etib, yoshlarga inson kamolotida, uning yetuk inson malakali kadr bo‘lib yetishishlarida hamda dunyoviy, diniy ilmlar olishda kitoblarni o‘rni beqiyosligi haqida gapirdi. Internet juda taraqqiy etib insonlar kitob o‘qimay ko‘ygan bir davrda oilada bolalar tarbiyasida kitob o‘qiydigan ota-onaning o‘rnak bo‘lishi muhimligi ta’kidlandi.
Davra suhbati so‘nggida axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan insonga motivasiya beradigan bir nechta kitoblar o‘qish uchun t kitoblar tavsiya etilib, Kanadalik yozuvchi Robin Sharma qalamiga mansub motivasiyalar bestselleri “Buyuklik sari 101 qadam” nomli kitobning targ‘iboti olib borildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …