Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitobxon onalar kuni
Oilaviy kitobxonlik-azaliy qadriyat
Ma`naviy-ma`rifiy tadbir
Farzandlar kamolotidagi tugallikni ayol ishtirokisiz tasavvur etish juda mushkul bo‘lganidek, farzandini kitobga oshno etishda ham ona o‘rnini hech bir ustoz bosa olmaydi. Tumanning turli hududlarida, turli tashkilot va muassasalarida Oila va xotin-qizlar bo`limi bilan hamkorlikda har oyning 17-sanasida “Kitobxon onalar kuni” shiori ostida ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun an`anaga muvofiq Zangiota ziyoratgohi anjumanlar zalida shu hudud aollari uchun “Oilaviy kitobxonlik-azaliy qadriyat” nomli ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi. Tadbirda Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig`i – hokim o`rinbosari S.Usmonova, axborot-kutubxona markazi direktori S.Axmedova va shu hududning kanvoyi onaxonlari, uy bekalari o’z farzandlari bilan ishtirok etdilar. Kitobxon onalar o`zlari sevib o’qigan kitoblari, undan olgan taassurotlari, farzandlarini kitobxon qilib voyaga yetkazish maqsadida tajribalari bilan o’rtoqlashdilar. Tadbir jonli, savol-javoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi. Yig`ilganlarning kitobxonlik darajalarini aniqlash maqsadida, badiiy adabiyotlar va maqollar yuzasidan tayyorlangan qiziqarli rebus o`yini o’tkazildi. Unda faol ishtirok etgan qatnashchilar badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandilar. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Munosib ota-ona bo‘lmoq-saodat”, “Olim tarbiyalagan otalar”, “Olim tarbiyalagan onalar”, “Oila yoki oila boshqarish tartiblari”, “Rejali ayol”, “Buyuklar haqida 100 dalil” kitoblari o`qish uchun tavsiya qilindi. Tadbirda 40 nafar ayollar hamda yoshlar ishtirok etdilar.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …