Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
22 октября 2024 г.
NFOLIB O’ZBEKISTON-2024

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
INFOLIB O’ZBEKISTON-2024
She’riyat kechasi
Bugun 14-umumiy o’rta ta’lim maktabida axborot-kutubxona markazi negizida tashkil etilgan “Kitob- qalb quyoshi” nomli faol kitobxonlar klubi a’zolari tomonidan  “Yurakda yashaydi asl shoirlar” nomli she’riyat kechasi o’tkazildi. Unda jahon va o’zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo’shgan adiblar va o’zbek  xalqining sevimli farzandlari  Hamid Olimjon, Zulfiya, Saida Zunnunova, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Sirojiddin Sayyid, Iqbol Mirzo, Nodir Jonuzoq, Rustam Mirvohidlarning she’rlari yod olinib, qo’shiqlar kuylanib, raqslar ijro etildi. 
Mutaxassislar tomonidan yangi nashr etilgan she’riy kitoblar yuzasidan ko’rgazma tashkil qilinib,  o’qish uchun tavsiya etildi.

9 апреля 2026 г.
Buyuk salohiyat sohibi

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 9-aprel, 2026-yil

 

📚 Buyuk Temuriylar davlati asoschisi, adolatli xalqparvar siyosatchi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan hamda Amir Temur va temuriylarning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini targʻib qilish  maqsadida axborot-kutubxona markazida “Buyuk salohiyat sohibi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan …

Batafsil
9 апреля 2026 г.
Tarix sahifalaridagi buyuk sarkarda

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 9-aprel, 2026-yil

 

🏛️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 fevralda qabul qilingan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan  …

Batafsil
8 апреля 2026 г.
"Zakovat" bilimdonlar bellashuvi

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 8-aprel, 2026-yil

 

🏛️ Tumandagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Sohibqiron – Amir Temur" oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda "Zakovat" bilimdonlar bellashuvi tashkil etildi.

 

📚 Tadbirda  o‘quvchilarga Amir Temurning hayot yo‘li, uning yuksak harbiy iste’dodi, dono siyosati va adolatli davlat boshqaruvi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Sohibqiron …

Batafsil
7 апреля 2026 г.
Kitob bilan kelajak sari

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 7-aprel, 2026-yil

 

🏛️ O’quvchilarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Kitob bilan kelajak sari” nomli kitobxonlik soati tashkil etdilar.

 

📚 Tadbirda kitob o’qishning foydali tomonlari, hozirgi kunda o’quvchilarning …

Batafsil
6 апреля 2026 г.
Topqir kitobxon

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 6-aprel, 2026-yil

 

📚Zamonaviy texnologiya va vositalar juda keng tarqalgan bugungi kunda yoshlarni, bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularni mutolaa jarayoniga jalb qilish murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda.  Bola uchun kitob haqiqatan ham eng yaxshi sovg’a, ammo uni barcha bolalar birdek sevib o’qishni istamaydi.

 

🏛 O’quvchi-yoshlarning  kitob mutolaasiga …

Batafsil
3 апреля 2026 г.
Siyosiy-ma'rifat soati

#Zangiota_tuman_akm

 

📅 3-aprel, 2026-yil

 

🏛️ Joriy yilning 3-aprel kuni Zangiota tumani  axborot - kutibxona markazida tuman IIB va kutubxona xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot  beruvchi  “Siyosiy-ma'rifat soati" oʻtkazildi hamda  rejaga asosan 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘lishi munosabati bilan …

Batafsil