Zangiota axborot-kutubxona markazi
Yangi O‘zbekistonda el- aziz, inson - aziz
Kitob eltuvchilik xizmati
Otaxon- onaxonlarimizni, himoyaga muxtojlarni e’zozlash va ularni qadrlash, hurmatlarini o‘rniga qo‘yish bizning uzoq asrlik urf-odatlarimiz, milliy an’analarimiz hamda yashash tarzimizning ajralmas bir bo‘lagiga aylangan desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu birinchi navbatda keksa avlod vakillariga bo‘lgan g‘amxo‘rlik va e’tiborni kuchaytirish bo‘lsa, ikkinchidan yosh avlod uchun ulkan tarbiya va tajriba maktabi bo‘ladi.
Ulug‘ ayyom kunlarida, Navro‘z Umumxalq bayrami arafasida "Yangi O‘zbekistonda el- aziz, inson - aziz" degan bosh g'oya ostida kutubxonaga kela olmaydigan, yolg‘iz yashaydigan qariyalar va himoyaga muxtoj fuqarolar holidan xabar olish, ularni bayram bilan tabriklash, kundalik turmush tarzidan o‘zgacha onlarni bag‘ishlash maqsadida axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan navbatdlagi kitob eltuvchilik xizmati amalga oshirildi.
Mutaxassislar bu fuqarolar bilan telefon orqali bog‘lanib, qanday kitob o‘qishga qiziqayotganlari o‘rganilib, ular tomonidan so‘ralgan kitob va gazeta, jurnallarning yangi sonlari uylariga yetkazib berildi.
Keksalarni, bizning himoyamizga muxtojlarni e’zozlashdek xalqimizga xos qadriyat azaldan millatni bir-biriga jipslashtirish, odamlar orasida mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilganligiga ko‘xna tariximiz guvohdir.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …