Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
17 апреля 2023 г.
“Kitobxon onalar”

#zangiota_AKM
#kitobxon_onalar
Har  bir oilaning  tinch-totuv, barqaror, xotirjam bo’lishi, farzandlarining sog’lom va barkamol  bo’lishi, oilada sog`lom muhit, sog’lom turmush tarzining mavjudligi  har jihatdan bir inson zimmasiga tushadi. Mana shunday mas`ulyatli va  va sharafli vazifani chin dildan, hech nolimay boshini  mag’rur ko’tarib, hayot qiyinchiliklariga o`zida kuch topib, atrofdagilariga  madadkor  inson bu – ayol, ya`ni mo’tabar ona. Ayol! Bu so’z zamirida  olam-olam   ma`no mujassam. Uni qanchalar  ta`rif qilsang, shunchalar qalbing  yayraydi. Ne-ne shoirlar  madhini kuylab  she`rlar yozgan. Buyuk allomalar qalbidagi eng javohir  so’zlar bilan uning ta`rifini keltiriladi. Bu dunyo go’zalligini hayot falsafasini va ma`no ma`rifatini avvalambor ayol siymosining uning fidoi qalb, vafo va sadoqatida ko’ramiz, his etamiz. Farzand tarbiyasida kitobxon onaning o`rni juda katta. Shu munosabati bilan, 2023 yil 17 aprel kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Zangiota tumani boʻlinmasi bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunukatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan zakovat intellektual o`yini o`tkazildi. Tadbirda onalar kitobxonlikga oid 3 ta shart bo`yicha bellashdilar va o`zlari sevib o`qigan kitoblarining taqdimotini o`tkazdilar. Tanlov yakunida g`oliblarga axborot-kutubxona markazining esdalik sovg`alari topshirildi.

21 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 21-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …

Batafsil
20 июля 2026 г.
“Islom e’tiqodi ustozi”

#Zangiota_tuman_akm

📅 20-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …

Batafsil
17 июля 2026 г.
“Kitobxon ona-millat fahri”

#Zangiota_tuman_akm

📅 17-iyul, 2026-yil

Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”

 

🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …

Batafsil
16 июля 2026 г.
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi

#Zangiota_tuman_akm

📅 16-iyul, 2026-yil

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.

 

🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …

Batafsil
15 июля 2026 г.
“Qat-qat qatlama aqling yetsa tashlama”

#Zangiota_tuman_akm

📅 15-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …

Batafsil
14 июля 2026 г.
“Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida”

#Zangiota_tuman_akm

📅 14-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.

📚 Unda har …

Batafsil