Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
5 сентября 2025 г.
Qomusiy alloma

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitob va mutolaa haftaligi
Ochiq eshiklar kuni
Qomusiy alloma
Tarbiyaviy soat
Respublikamizda yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning bilimini, ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida  Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi va uning tasarrufidagi axborot-kutubxona markazlarida  “Kitob va mutolaa haftaligi” o’tkazilmoqda. Haftalik doirasida 2-6 sentabr kunlari kutubxonalarda maktab o’quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni”  bo'lib o’tmoqda. 
        Bugun ochiq eshiklar kuni doirasida  buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludi kuni munosabati bilan “Qomusiy alloma” nomli tarbiyaviy soat o’tkazildi. Tadbirda Beruniyning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar berilib, “Ulug’ insonlar doimo barhayot” nomli kitob ko’rgazmasidan joy olgan H.Hasanovning “Sayyoh olimlar”, U.Uvatovning “Buyuk yurt allomalari” kitoblarining targ’iboti olib borildi. Tadbir so’ngida kutubxona bo’ylab ekskursiya o’tkazildi. O’quvchilar kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.   
         Tadbirda  14-maktabning  34 nafar o’quvchi-yoshlari ishtirok etdilar

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil