#Zangiota_AKM
#Xotin_qizlar_huquqlari_qonun_himoyasida
Zangiota axborot kutubxona markazida joriy yilning 23 noyabr sanasida “Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘z XDP fraksiyasi a’zosi Xasanova Mavjuda Gʻaniyevna, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi “Ayollar qanoti” rahbari Asatova Gulshan Sayitovna, O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi raisi Umaraliyev Akmal Akbaraliyevich, Xalq deputatlari Zangiota tumani kengashi deputati Giyasova Aziza Abdullayevna, Zangiota tumani oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, xokim o‘rinbosari Usmonova Saodat, axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda tuman mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston xotin-qizlarining oilaviy turmush muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashish, hayotiy haq-huquqlarini munosib himoya qilish, ularni maishiy zo‘ravonlik qurboniga aylanib qolishlarini oldini olish, hayotini qayta yo‘lga quyishda moddiy va ma’naviy, tibbiy-psixologik yordam berish maqsadida amalga oshirilgan ushbu tadbirda xotin –qizlarni taziyq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari haqida hamda Zangiota tumanida himoya orderini olgan ayollarning turmush sharoitlari haqida gapirildi. Tadbir savol javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …