#Zangiota_tuman_akm
📅 16-fevral, 2026-yil
👤Zahiriddin Muhammad Bobur – harbiy sarkarda, adib, tarixchi va davlat arbobi sifatida o‘zidan beqiyos meros qoldirgan shaxsdir, hayoti va ijodi nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun jahon madaniyati uchun muhim ahamiyatga ega. Uning ijodi va harbiy yurishlari bugungi kunda ham o‘rganilib, yosh avlodga o‘rnak bo‘lib xizmat qilmoqda.
🏛Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kuni munosabati bilan 14-maktabda “Kitob –qalb quyoshi” nomli faol kitobxonlar klubi a’zolari bilan hamkorlikda “Ikki dahoga ehtirom” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
📚 Tadbirda Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat buyuk sarkarda, balki iste’dodli adib va olim ekanligi, turkiy va fors tillarida ijod qilganligi haqida ma’lumotlar berildi. Uning «Boburnoma» asari esa nafaqat tarixiy hujjat, balki adabiy durdona sifatida ham yuksak qadrlanishi aytib o'tildi. Bobur ruboiylaridan yod olindi, sahna ko’rinishlari namoyish etildi. “Buyuk shox, shoir va sarkarda” nomli kitob ko’rgazmasidan joy olgan kitoblarning targ’iboti olib borildi.
👥 Tadbirda 195 nafar o’quvchilar, o’qituvchilar va ota –onalar ishtirok etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt (https://www.zakm.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/zangiota_akm?igsh=eGZ5NHI2a3A3bGVy&utm_source=qr) |
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100087950460478&__tn__=-UC*F) | YouTube (https://www.youtube.com/@zangiotaaxborot-kutubxonam1366) | telegram (https://t.me/zangiota_akm)
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-may, 2026-yil
🏛 Yozgi ta’til yaqinlashmoqda!
Bu vaqt o’quvchilar uchun nafaqat dam olish,balki sevimli kitoblari bilan do’stlashish uchun qulay fursatdir.Shu munosabat bilan axborot kutubxona-markazi mutaxassislari 40-umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’quvchilari huzuriga tashrib buyurib qiziqarli suhbat o’tkazdilar.
📚Uchrashuv davomida mutaxassislar jajji kitobxonlarga yangi nashr etilgan , “Malika uchun …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-may, 2026-yil
📚 Kitob insonning eng yaqin do‘sti, bilim va ma’naviyat manbai hisoblanadi. Mutolaa orqali insonning nutqi ravonlashadi, fikrlashi kengayadi hamda kelajakka bo‘lgan intilishi kuchayadi. Shu bois yoshlarni kitob o‘qishga jalb etish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
🏛 Bugun axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 40-maktabda …
#Zangiota_tuman_akm
📅13-may, 2026-yil
🏛 Yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazi tomonidan ochiq osmon ostida “Ma’rifat sari ochilgan yo‘l” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📚 Mazkur tadbir davomida kitobxonlarga badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari keng namoyish qilindi. Ochiq …
#Zangiota_tuman_akm
📅 12-may, 2026-yil
📚 Kitob qalbni nurga toʻldiruvchi bebaho boylikdir. Inson kitob oʻqish orqali bilim oladi, tafakkuri kengayadi va hayotga boʻlgan qarashi oʻzgaradi. Kitob bizni ezgulikka, sabr-toqatga va odobli boʻlishga oʻrgatadi.
Har bir kitob oʻzida katta ma’no va hayotiy saboqlarni mujassam etgan. Ertaklar mehribonlikni, tarixiy kitoblar ajdodlarimizning boy …
#Zangiota_tuman_akm
📅 8-may, 2026-yil
XOTIRA-KELAJAK UCHUN IBRAT
🏛 Zangiota tumanidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyida Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda bugungi osoyishta hayotimiz yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Tadbir davomida yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yilib, ezgu tilak va samimiy minnatdorlik izhor etildi.
Xotira va qadrlash …
#Zangiota_tuman_akm
📅 7-may, 2026-yil
📚 Bugungi kunda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish muhim vazifalardan biriga aylangan, chunki kitob o‘qigan yoshlar Vatan ravnaqi uchun xizmat qiladigan, bilimli va barkamol inson bo‘lib ulg`ayadilar. Kitob insonni sabrli, odobli va maqsad sari intiluvchan qilib tarbiyalaydi.
🏛 O’quvchi-yoshlarning kitob mutolaasiga rag‘batini oshirish, kitobxonlar safini yanada …