Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
INFOLIB O’ZBEKISTON – 2024
Uchrashuv kechasi
“INFOLIB O’ZBEKISTON – 2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi o’z ishini boshladi. O‘n uchinchi marta o‘tkazilayotgan ushbu haftalik mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kutubxonachilik sohasidagi eng yaxshi ish tajribasini ommmalashtirish, ziyo maskanidagi eng yaxshi va yangi imkoniyatlar bilan kitobxonlarni yaqindan tanishtirish kabi maqsadlarni ko‘zlaydi.
“INFOLIB O’ZBEKISTON-2024” axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Til har bir millat madaniyatining o’zagi” nomli uchrashuv kechasi bilan Zangiota tumani axborot- kutubxona markazi hafta davomida bo’lib o’tadigan tadbirlariga start berdi. Uchrashuv kechasi tumandagi 13-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilib, unda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, shoir N.Aminjonov va bolalar adibi Sh. Abdullayevlar ishtirok etdilar. So’zga chiqganlar til — davlatning timsoli, mulki, tilni asrab-avaylash orqali millat yuksalishi, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng ekanligi haqida so’z yuritdilar. Shuningdek maktabda tashkil etilgan "Jadidlar izidan" to‘garagi a’zolari va “Turon” havaskorlik teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan vatanparvarlik, o’zbek tilini asrab-avaylash to’g’risidagi adabiy kompozitsiya va sahna korinishlari hamda O’zbek tilini ulug’lab yod olingan she’rlar yig’ilganlarga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 31-iyul, 2026-yil
📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-iyul, 2026-yil
“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”
⛹️♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …