#Zangiota_AKM_Xalqaro_bolalar_kitobi_kuni
2022-yil 1-aprel kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida 2-aprel “Xalqaro bolalar kitobi kuni”ga bag‘ishlangan “ Kitob mening dostimsan” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada kutubxona fondida saqlanuvchi va kichik kitobxonlar tomonidan sevib o‘qiladigan kitoblar o‘rin oldi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kitobxonlar etiboriga o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi “Alisa mo'jizalar mamlakatida”, “O'simliklar olamiga sayohat”, “Sharq hikoyat va rivoyatlari”, “Kashfiyot va ixtirolar”, “Buyuk ipak yoli ertaklari” , “Ajdar qush”, “Venger xalq ertaklari”, “Gugutsening sarguzashtlari”, “Dunyoda yo'q hunar”, “Osmon ko'kmi zangori” va “Bu juda qiziq”, “Kapalaklar olamiga sayohat”, “Baliqlar olamiga sayohat”, “Tarixga sayohat” kabi ensiklopediyalar. Shuningdek, “Подводный мир”, “Приключения барона Мюнхаузена”, “Русские народные сказки”, “Хроники Нарнии”, “Принц и нищий”, “Весёлая переменка” kabi turli xalq ertaklari, to‘plamlari va bolalar sevimli yozuvchi va shoirlarining hikoya va she'rlari havola etildi. Ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilar uchun axborot-kutubxona markaziga ekskursiya uyushtirilib, yosh kitobxonlar kitob oqishga jalb qilindi. Ko'rgazma 8 aprelgacha davom etadi. Barcha yosh kitob ixlosmandlarini ushbu ko`rgazmaga taklif etamiz.
#Zangiota_tuman_akm
📆 03-noyabr, 2026-yil
📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 02-noyabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-oktabr, 2026-yil
📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-oktabr, 2026-yil
📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-oktabr, 2026-yil
📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 27-oktabr, 2026-yil
📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …