Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
19 августа 2025 г.
Onalar bilimdon bo’lsa millat yuksaladi

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitobxon onalar kuni
Onalar bilimdon bo’lsa millat yuksaladi
Kitobxonlik tadbiri
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan  “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Onalar bilimdon bo’lsa millat yuksaladi” nomli  "Kitobxon onalar"  kuni tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi kotibiyati mudiri G.Tursunova, tuman “Istiqbol” gazetasi bosh muharriri D.Sharipova, tuman axborot-kutubxona markazi direktori S.Axmedova, tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi bosh mutaxssisi S. Ochilovalar so’zga chiqib mustaqil O’zbekistonimizda so’nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar, xotin-qizlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirib o’tdilar. Yangi O’zbekiston  kitob va kutubxonadan boshlanadi degan tamoyilga amal qilinib,  kitobxonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar haqida so'z yuritildi.   Shuningdek tadbirda  kitob mutolaasiga havas avvalo  oiladan boshlanishi, ota-onalar farzandlarida kitob o’qishga mehr uyg’otishi uchun o’zlari kitobxon bo’lishlari lozimligi, oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada farzand ham kitobga oshno bo’lishi haqida tadbir qatnashchilari o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.  Tadbirda 35 nafar xotin-qizlar  ishtirok etdilar.

25 августа 2026 г.
Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi

📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …

Batafsil
24 августа 2026 г.
Ozod Vatan-porloq kelajak

#Zangiota_tuman_akm

📆 24-avgust, 2026-yil
 

📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …

Batafsil
21 августа 2026 г.
Yashnayver, hur O‘zbekiston!

#Zangiota_tuman_akm

📆 21-avgust, 2026-yil
 

📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …

Batafsil
20 августа 2026 г.
Bir kunlik rahbar

#Zangiota_tuman_akm

📆 20-avgust, 2026-yil
 

📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …

Batafsil
19 августа 2026 г.
Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!

#Zangiota_tuman_akm

📆 19-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …

Batafsil
18 августа 2026 г.
Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!

#Zangiota_tuman_akm

📆 18-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …

Batafsil