#Zangiota_tuman_akm
📅 17-aprel, 2026-yil
🏛️ Har oyning 17-sanasida “Kitobxon onalar kuni” ma’rifiy loyihasini Respublika bo‘ylab o‘tkazish an’anaga aylandi. Ayniqsa, ayollarimiz, onaxonlarimiz ushbu kunni o‘zlarining bayrami, kitobxonlik fazilatini namoyish etish, onalar ma’rifatining kuchini ko‘rsatib berish kuni va maydoni sifatida qabul qilgani, faol jamoatchilik ushbu loyihaning farzandlarni mutolaaga, kitob o‘qishga o‘rgatishdagi ta’sirini e’tirof etayotgani quvonarli. Bugun “Kitobxonlik haftaligi”ning V-kunida axborot-kutubxona markazida Zangiota tumanida joylashgan Maxsus avariya tiklash boshqarmasida faoliyat olib borayotgan bir guruh hizmatchi ayollar bilan “Ma’rifatli ona-kelajak poydevori” nomli kitobxonlik kuni o’tkazildi.
📚 Tadbir ishtirokchilari oilada, farzandlari, nabiralarini kitob o’qishga qanday qiziqtirayotganlari, o’zlari hozirgi kunda mutolaa qilayotgan kitoblari haqida dildan suhbatlashdilar. Bir-birlariga o’zlari o’qigan eng sevimli kitoblarini o’qishni tavsiya qildilar. Mutaxassislar tomonidan yangi nashr etilgan kitoblarning targ’iboti olib borildi. Tezkor savol-javob, rebus o’yinlari o’tkazildi hamda faol ishtirok etgan qatnashchilar axborot-kutubxona markazi ma’muriyati tomonidan kitob va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Tadbirdan so’ng kutubxona bo’ylab ekskursiya o’tkazildi, kitobxon onalar tashkil etilgan kitob ko’rgazmalari va kitob yarmarkasi bilan tanishdilar. Zangiota tumanida joylashgan Maxsus avariya tiklash boshqarmasi hamkorligida o’tkazilgan ushbu tadbir bilan “Kitobxonlik haftaligi” tantanali yakunlandi.
👥 Tadbirda 38 nafar kitobxon onalar ishtirok etdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-may, 2026-yil
🏛 Yozgi ta’til yaqinlashmoqda!
Bu vaqt o’quvchilar uchun nafaqat dam olish,balki sevimli kitoblari bilan do’stlashish uchun qulay fursatdir.Shu munosabat bilan axborot kutubxona-markazi mutaxassislari 40-umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’quvchilari huzuriga tashrib buyurib qiziqarli suhbat o’tkazdilar.
📚Uchrashuv davomida mutaxassislar jajji kitobxonlarga yangi nashr etilgan , “Malika uchun …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-may, 2026-yil
📚 Kitob insonning eng yaqin do‘sti, bilim va ma’naviyat manbai hisoblanadi. Mutolaa orqali insonning nutqi ravonlashadi, fikrlashi kengayadi hamda kelajakka bo‘lgan intilishi kuchayadi. Shu bois yoshlarni kitob o‘qishga jalb etish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
🏛 Bugun axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 40-maktabda …
#Zangiota_tuman_akm
📅13-may, 2026-yil
🏛 Yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazi tomonidan ochiq osmon ostida “Ma’rifat sari ochilgan yo‘l” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📚 Mazkur tadbir davomida kitobxonlarga badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari keng namoyish qilindi. Ochiq …
#Zangiota_tuman_akm
📅 12-may, 2026-yil
📚 Kitob qalbni nurga toʻldiruvchi bebaho boylikdir. Inson kitob oʻqish orqali bilim oladi, tafakkuri kengayadi va hayotga boʻlgan qarashi oʻzgaradi. Kitob bizni ezgulikka, sabr-toqatga va odobli boʻlishga oʻrgatadi.
Har bir kitob oʻzida katta ma’no va hayotiy saboqlarni mujassam etgan. Ertaklar mehribonlikni, tarixiy kitoblar ajdodlarimizning boy …
#Zangiota_tuman_akm
📅 8-may, 2026-yil
XOTIRA-KELAJAK UCHUN IBRAT
🏛 Zangiota tumanidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyida Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda bugungi osoyishta hayotimiz yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Tadbir davomida yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yilib, ezgu tilak va samimiy minnatdorlik izhor etildi.
Xotira va qadrlash …
#Zangiota_tuman_akm
📅 7-may, 2026-yil
📚 Bugungi kunda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish muhim vazifalardan biriga aylangan, chunki kitob o‘qigan yoshlar Vatan ravnaqi uchun xizmat qiladigan, bilimli va barkamol inson bo‘lib ulg`ayadilar. Kitob insonni sabrli, odobli va maqsad sari intiluvchan qilib tarbiyalaydi.
🏛 O’quvchi-yoshlarning kitob mutolaasiga rag‘batini oshirish, kitobxonlar safini yanada …