#zangiota_AKM
#kitobsevar_millat
#ko`rik_tanlov
Kitob – moziy darakchisi, bugunning tarbiyachisi va muallimi, kelajakning yo`lboshchisi. Kitob ma'naviy xazina, haqiqiy boylik. Uni chin dildan sevib qadrlagan Abu Ali ibn Sino og`ir betob bo`lgan Buxoro hukmdori Nuh ibn Mansurni davolagach, evaziga oltinu kumushlar to`la sandiqni emas, balki saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatini qo`lga kiritishni afzal ko`rgan edi. Kitobning o`zi bir olam. Uni takror va takror o`qish davomida yangidan yangi ufqlar kashf etiladi, har gal uni qayta mutolaa qilgan odam undan o`zgacha taassurotlar oladi. Yoshlarning barcha qatlamlarini kitob o‘qishga jalb etish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, oilaviy kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 25 aprel kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Zangiota tumani boʻlinmasi bilan hamkorlikda «Kitobsevar millat» shiori ostida “Biz oilaviy kitobxonmiz” nomli ko`rik tanlov o`tkazildi. Tanlovda hudulardan saralab olingan 3 nafar oilalar ishtirok etdilar. Oilalar 3 shart bo`yicha bellashdilar. 1-shart o`zi sevib o`qigan kitobining taqdimoti, 2-shart kitobdan parcha va 3-shart tezkor savol-javoblar. Tanlovda Nuraliyevlar oilasi g`olib bo`lib, viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo`llanmani qo`lga kiritdilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …