Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
17 ноября 2026 г.
“Onalar bashariyat tarbiyachisi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 17-noyabr, 2026-yil

📚“INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligining II-kunida axborot-kutubxona markazida tuman tibbiyot birlashmasi rahbari K.Rahimov va tizimda faoliyat yuritayotgan faol kitobxon tibbiyot hopdimlari ishtirokida “Onalar bashariyat tarbiyachisi” mavzusida kitobxonlik soati va “Eng faol kitobxon hamshira” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Tadbir davomida onalar farzandlarga ilk hayotiy saboqlarni beruvchi va jamiyatning ma’naviy poydevorini shakllantiruvchi buyuk tarbiyachilar ekanliklari, tarixdagi barcha buyuk allomalar va yetakchilarning kamolotida oqila onalarning o‘rni beqiyosligi, sog‘lom oila va farovon jamiyat barpo etish bevosita onalar tarbiyasiga bog‘liq ekanligi ta’kidlandi. O’z navbatida ma'rifatli va oqila ona nafaqat o'z farzandini, balki butun bir millatning ertangi kunini tarbiyalashi, oilada sog'lom muhit va to'g'ri tarbiya berilgan jamiyatda jinoyatchilik kamayib, ilm-fan va madaniyat rivojlanishi haqida so’z yuritildi. Milliy qadriyatlar, til va madaniyat avloddan-avlodga aynan onalar orqali bezavol yetib borishi ta’kidlandi. Bunda kitobning, kitob o’qishning ahamiyati katta ekanligi aytib o’tildi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan A.Ko’chimovning “Buni hayot deydilar”, F.Salxodjayevaning “Ifor”, N.Dumbadzening “Qo’rqmang onajon”, G.Abdulvosi qizining “Muhabbat qasri” kitoblarining targ’iboti olib borildi.
Tadbirning ikkinchi qismida “Eng faol kitobxon hamshira” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Tanlovda hamshiralar uchta shart bo’yicha bellashib, o’zlarini haqiqiy kitobxon ekanliklarini namoyon etdilar. Tanlov g’oliblari tibbiyot birlashmasi rahbari va axborot-kutubxona markazi rahbarining tashakkurnomalari va kitob jamlanmalari, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir nihoyasida kutubxona bo’ylab ekskursiya o’tkazildi, 54 nafar ishtirokchilar kitob yarmarkasi, kitob ko’rgazmalari va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar hamda o’qish uchun kitoblardan oldilar.
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram

3 ноября 2026 г.
"Muqdaddasdir Vatan bayrog'i"

#Zangiota_tuman_akm

📆 03-noyabr, 2026-yil

📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …

Batafsil
2 ноября 2026 г.
“Yurakdagi rangin kamalak”

#Zangiota_tuman_akm

📆 02-noyabr, 2026-yil

📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …

Batafsil
30 октября 2026 г.
Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati”

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 30-oktabr, 2026-yil

📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …

Batafsil
29 октября 2026 г.
"Uch avlod uchrashuvi"

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 29-oktabr, 2026-yil

📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …

Batafsil
28 октября 2026 г.
"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovi

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 28-oktabr, 2026-yil

📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.

Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va  oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …

Batafsil
27 октября 2026 г.
“Yashil energiya — musaffo osmon”

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 27-oktabr, 2026-yil

📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …

Batafsil