Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Sog’lig’imiz o’z qo’limizda
Davra suhbati
Joriy yilning 1-dekabr kuni axborot-kutubxona markazida 1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Sog’lig’imiz o’z qo’limizda” nomli davra suhbati o’tkazildi.
Unda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, hozir dunyoda OITS infeksiyasidan aziyat chekayotgan 40 millionga yaqin bemor borligi, ularning soni yiliga oʻrtacha 1,5 million nafarga koʻpayib borayotganligi, eng yomoni, xastalik har yili 600 mingdan ziyod kishining hayotiga zomin boʻlyotgani haqida gapirib o'tildi.
Bunday xavotirli koʻrsatkichlar mazkur yuqumli kasallik insoniyat salomatligi uchun naqadar jiddiy tahdid ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Zero, OIV va OITS butun dunyo hamjihatlikda kurashishi lozim boʻlgan global muammoligi, shu bois, har yili sayyoramizda 1-dekabr sanasi “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanib, bu davrda xastalikning oldini olish boʻyicha targʻibot ishlari yanada kuchaytirilayotganligi ta'kidlandi. Mutaxassislar tomonidan “Xammabop tibbiyot qo’llanmasi”, M.Azizovning “Umumiy gigiena va ekologiya”, D.Mujiburning “Sogliqni qanday tiklash mumkin” kitoblarining targ’iboti olib borildi hamda o’qish uchun tavsiya qilindi. Tadbirda 22 nafar kitobxonlar ishtirok etdilar.
#Zangiota_tuman_akm
📅 9-aprel, 2026-yil
📚 Buyuk Temuriylar davlati asoschisi, adolatli xalqparvar siyosatchi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan hamda Amir Temur va temuriylarning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini targʻib qilish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Buyuk salohiyat sohibi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan …
#Zangiota_tuman_akm
📅 9-aprel, 2026-yil
🏛️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 fevralda qabul qilingan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📅 8-aprel, 2026-yil
🏛️ Tumandagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Sohibqiron – Amir Temur" oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda "Zakovat" bilimdonlar bellashuvi tashkil etildi.
📚 Tadbirda o‘quvchilarga Amir Temurning hayot yo‘li, uning yuksak harbiy iste’dodi, dono siyosati va adolatli davlat boshqaruvi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Sohibqiron …
#Zangiota_tuman_akm
📅 7-aprel, 2026-yil
🏛️ O’quvchilarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Kitob bilan kelajak sari” nomli kitobxonlik soati tashkil etdilar.
📚 Tadbirda kitob o’qishning foydali tomonlari, hozirgi kunda o’quvchilarning …
#Zangiota_tuman_akm
📅 6-aprel, 2026-yil
📚Zamonaviy texnologiya va vositalar juda keng tarqalgan bugungi kunda yoshlarni, bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularni mutolaa jarayoniga jalb qilish murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda. Bola uchun kitob haqiqatan ham eng yaxshi sovg’a, ammo uni barcha bolalar birdek sevib o’qishni istamaydi.
🏛 O’quvchi-yoshlarning kitob mutolaasiga …
#Zangiota_tuman_akm
📅 3-aprel, 2026-yil
🏛️ Joriy yilning 3-aprel kuni Zangiota tumani axborot - kutibxona markazida tuman IIB va kutubxona xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot beruvchi “Siyosiy-ma'rifat soati" oʻtkazildi hamda rejaga asosan 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘lishi munosabati bilan …