Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
3 мая 2024 г.
Sermahsul ijod sohibi

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Butunjaxon oila kuni
Oila ilmi
Mirmuhsin tavalludi kuni
Sermahsul ijod sohibi
Kitobxonlik soati
  Farzandlarimiz ongiga ona Vatanga muhabbat tuyg‘usi oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa,  o‘sha oila hamda mahalla gullab-yashnaydi. Oila odob-ahloq va ta’lim-tarbiyaga e’tibor bizning qon-qonimizga singib ketgan burchdir. Xalqimizga xos “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona” degan ibratli maqoli ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun nechog‘lik muhim ekanini bildiradi.
  Elimizning sevimli ijodkori, yoshlarning dono maslahatgo‘yi bo‘lgan marhuma Tursunoy Sodiqovaning oila, ota-ona, farzand tarbiyasi, ayol va erkakning oiladagi vazifalari hususidagi kitoblari xanuz katta qiziqish bilan mutolaa qilib kelinadi. Axborot-kutubxona markazida  Butunjaxon oila kuni munosabati bilan Tursunoy Sodiqova qalamiga mansub “Oila ilmi” kitobining taqdimoti hamda O‘zbek she’riyati va nasrining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri, sermahsul ijodkor , O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi  Mirmuhsin tavalludi kuni munosabati bilan  “Sermahsul ijod sohibi” nomli kitobxonlik soati bo‘lib o‘tdi, unda 28-37- umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Mutaxassislar tomonidan Tursunoy Sodiqova hamda Mirmuhsinning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berilib, ularning “Oila ilmi”, “Ilon o‘chi”, “Onaizor”, kabi kitoblarining taqdimoti va targ‘iboti  bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘nggida  ishtirokchilar kutubxona bo‘ylab sayoxat qilib, katta ta’surotlar oldilar.

3 ноября 2026 г.
"Muqdaddasdir Vatan bayrog'i"

#Zangiota_tuman_akm

📆 03-noyabr, 2026-yil

📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …

Batafsil
2 ноября 2026 г.
“Yurakdagi rangin kamalak”

#Zangiota_tuman_akm

📆 02-noyabr, 2026-yil

📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …

Batafsil
30 октября 2026 г.
Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati”

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 30-oktabr, 2026-yil

📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …

Batafsil
29 октября 2026 г.
"Uch avlod uchrashuvi"

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 29-oktabr, 2026-yil

📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …

Batafsil
28 октября 2026 г.
"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovi

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 28-oktabr, 2026-yil

📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.

Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va  oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …

Batafsil
27 октября 2026 г.
“Yashil energiya — musaffo osmon”

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 27-oktabr, 2026-yil

📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …

Batafsil