#Zangiota_tuman_akm
📅 12-mart, 2026-yil
🏛Zangiota tumanida "Yoshlar kuni" doirasida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bilim va tafakkurini boyitishga qaratilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Rahbar va yosh kitobxon uchrashuvi” nomi ostida tashkil etilgan mazkur tadbir 24-umumta'lim maktabida tashkil etildi.
Tadbirda Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov hamda tuman IIB boshligʻi A. Sultonov ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy suhbat qurdilar.
📚 Uchrashuv davomida kitobning inson kamolotidagi o‘rni, mutolaaning yoshlar tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, rahbar bilan ochiq muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv doirasida tumandagi 5 ta umumta’lim maktabining faol kitobxon o‘quvchilari o‘rtasida qiziqarli bellashuv tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar yuzasidan savol-javoblarda qatnashib, rebuslar yechish, iboralarni topish hamda erkin mavzu bo‘yicha berilgan shartlarni bajarish orqali o‘z bilim va zukkoliklarini namoyon etdilar.
Qizg‘in va mazmunli o‘tgan tadbir yakunida faol qatnashgan yosh kitobxonlar badiiy kitoblar hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Bunday uchrashuvlar yoshlar qalbida kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlab, ularni bilim va ma’rifat sari undashi bilan ahamiyatlidir.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt (https://www.zakm.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/zangiota_akm?igsh=eGZ5NHI2a3A3bGVy&utm_source=qr) |
Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100087950460478&__tn__=-UC*F) | YouTube (https://www.youtube.com/@zangiotaaxborot-kutubxonam1366) | telegram (https://t.me/zangiota_akm)
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …