Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
18 ноября 2026 г.
“Ranglarida tarix, hilpirashida kelajak!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 18-noyabr, 2026-yil

📚“INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligining III-kunida axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Ranglarida tarix, hilpirashida kelajak!” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi. Tadbirda bayroq azaldan har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi ramzi bo‘lib kelganligi, ajdodlarimiz uni muqaddas sanab, ko‘z qorachig‘idek asrashganligi, Davlat bayrog‘ining ramziy ma’nosi mamlakatning tabiat xususiyatlarini, xalqning milliy-madaniy o‘ziga xosligini aks ettirishi haqida so’z yuritildi. Buyuk bobomiz sohibqiron Amir Temur hokimiyat tepasiga kelganida davlat ramzlariga e’tibor qaratganligi, “Temur tuzuklari”da qayd etilganidek, janglarda g‘alaba qozongan, mardlik va jasorat ko‘rsatgan amir va zobitlarga bayroq va nog‘ora sovg‘a qilinganligi, Mo‘g‘ullarga qarshi janglarda o‘z yurti ozodligi uchun kurashgan Najmiddin Kubro o‘z vatani bayrog‘ini astoydil himoya qilib, uni qo‘lida ushlab halok bo‘lganligi haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan tezkor savol-javob va rebus o’yinlari o’tkazildi. Faol qatnashgan ishtirokchilarga kutubxona ma’muriyati tomonidan kitoblar sovg’a qilindi. Tadbir nihoyasida kutubxona bo’ylab ekskursiya o’tkazildi. Ishtirokchilar tashkil etilgan kitob ko’rgazmalari va kitob yarmarkasi bilan tanishdilar. Tadbirda 34 nafar Samarqand zooveterenariya va chorvachilikni rivojlantirish institutining Toshkent filiali o’qituvchi va talabalari ishtirok etdilar.
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram

3 ноября 2026 г.
"Muqdaddasdir Vatan bayrog'i"

#Zangiota_tuman_akm

📆 03-noyabr, 2026-yil

📚 Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi – xalqimizning orzu-intilishlari, g’ururi va shijoatini o’zida mujassam etgan muqaddas ramzlardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Zangiota tumanidagi Birinchi mintaqaviy hudud 46-son Manzil-koloniyasida "Muqdaddasdir Vatan bayrog'i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda Davlat ramzlarini e’zozlash, ularda xalqimizning …

Batafsil
2 ноября 2026 г.
“Yurakdagi rangin kamalak”

#Zangiota_tuman_akm

📆 02-noyabr, 2026-yil

📚 Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktabida shoir, yozuvchi va tarjimon Humoyun Akbar ishtirokida “Yurakdagi rangin kamalak” nomli ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar adabiyot olami, ijod mashaqqatlari va so‘z san’atining sehrli qudrati haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Samimiy muloqot, ijodiy suhbat va adabiyotga oshuftalik ruhida o‘tgan …

Batafsil
30 октября 2026 г.
Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati”

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 30-oktabr, 2026-yil

📚 Sirojiddin Sayyid — zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovozi, betakror badiiy tafakkuri va samimiy ijodi bilan alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning she’rlarida xalqona ruh, hayotiy hikmat, ona Vatanga muhabbat, insoniylik va mehr-oqibat tuyg‘ulari o‘zining go‘zal ifodasini topgan. Shoir ijodiga xos sodda, ammo chuqur ma’noli …

Batafsil
29 октября 2026 г.
"Uch avlod uchrashuvi"

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 29-oktabr, 2026-yil

📚 "Uch avlod uchrashuvi" — bu keksa avlod faxriylari, oʻrta avlod vakillari va yoshlarni jamlaydigan anʼanaviy maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib, u asosan yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boy hayotiy tajribani yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi uchrashuvlar tarix, bugun va kelajak oʻrtasida uzviy koʻprik vazifasini bajarib, avlodlar …

Batafsil
28 октября 2026 г.
"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovi

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 28-oktabr, 2026-yil

📚 Zangiota tumanida aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi hamda jamoatchilik faoliyatidagi faolligi bilan ajralib turgan xotin-qizlarni rag’batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.

Tanlovda tumandagi umumtaʼlim maktablari, professional va  oliy taʼlim muassasalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan …

Batafsil
27 октября 2026 г.
“Yashil energiya — musaffo osmon”

#Zangiota_tuman_akm

 

📆 27-oktabr, 2026-yil

📚 Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga …

Batafsil