Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
21 апреля 2022 г.
“Malikaday ulug`vor, onaday mehrli”

#Zangiota_AKM_Bizni_kitobxonlik_birlashtiradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to‘rtinchisi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish qilib belgilanganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020- 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab- quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Respublika bo`ylab “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi-2022” doirasida 2022 yil 21 aprel kuni soat 14:00 da   Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Bizni kitobxonlik birlashtiradi” deb nomlangan ma`naviy- ma`rifiy- madaniy kecha o`tkazildi. O`zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Malikaday ulug`vor, onaday mehrli” nomli kitob ko`rgazmasi tashkil etildi.  Tadbirda O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zosi Xayrulla Safarov va kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha yilning eng dolzarb ilmiy maqolasi “Eng yaxshi innovator-2021” ko`krak nishoni sohibi Adiba Meliboyevalar qatnashib O`zbekiston xalq shoiri Oydin Xojiyevaning o`zbek adabiyotiga qo`shgan hissasi, hayoti va ijodi haqida gapirdilar.  Ijodkorlar o`z so`zida Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat, olijanob insoniy fazilatlari haqida to‘lqinlanib gapirdilar, kitob va kitobxonlik bugungi yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutibgina qolmay, balki ma'naviy merosimizni ham boyitishi shubhasizligini ta'kidladilar.  Shuningdek, tadbirda “Kitoblar xalqni uyg`otadi” nmli kitob yarmarkasi tashkil etildi. Tuman madaniyat bo`limi xodimlari kechaga fayz bag`ishlab shoira ijodidan qo`shiqlar ijro etdilar.  Tadbirda 80 nafar tuman aholisi, kitobxonlar, kutubxonachilar va targ`ibotchilar ishtirok etdilar.

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil