Zangiota axborot-kutubxona markazi
“Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi”
Ma’naviy-ma’rifiy tadbiri.
Kitob tuganmas xazina, undan olgan bilimlarni umrning oxirigacha ham sarflay olmaymiz. Insonning kitobdan yaqin hamrohi, do‘sti, maslahatchisi yo‘q. Negaki kitob aqlni peshlovchi qayroqdir. Kitob tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, muqaddas deb e’zozlab, qadriga yetadi, sevib mutolaa qiladi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish borasida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning to‘rtinchisi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Axborot- kutubxona markazida mart oyidan boshlab “Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi” shiori ostida yil yakuniga qadar kitobxonlik kunlari o‘tkazish rejalashtirildi. Bugun 6 mart kuni axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan “Kitob-qalb quyoshi” nomli faol kitobxonlar klubi a’zolari bilan hamkorlikda 14-umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda kitobxonlik madaniyati, kitob o‘qish orqali yoshlar ongini, dunyoqarashini tarbiyalash, kitob o‘qish sirlari, ularning o‘qishga rahbarlik qilish haqida suhbat olib borildi. Tadbirga yig‘ilgan o‘quvchilar o‘qigan kitoblari, undan olgan taasurotlari va ibratlari haqida jo‘shib so‘zladilar. O‘zlari yozgan she’rlari, hikoyalari haqida o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, an’anaga muvofiq tadbir ishtirokchilari yangi nashr etilgan kitoblar yuzasidan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi bilan tanishdilar, qiziqtirgan kitoblarini o‘qish uchun oldilar. Ularning bilimlarini, kitobxonlik darajalarini sinash uchun mutaxassislar tomonidan rebus o‘yinlari o‘tkazildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 31-iyul, 2026-yil
📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-iyul, 2026-yil
“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”
⛹️♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …