#Zangiota_AKM
#Mahorat_darsi
#Kasbim_faxrim
Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 32-umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish va kutubxonachilik kasbini targ‘ib etish maqsadida “Kasbim-faxrim” deb nomlangan mahorat darsi o‘tkazildi. Mahorat darsi axborot-kutubxona markazining xizmat rahbari B. Fayziyeva tomonidan tashkil etildi. Mahorat darsida kutubxonachilik kasbi qadimiy kasblardan biri bo‘lib, u uzoq o‘tmishlardan buyon insoniyatning intelektual va ijtimoiy rivojlanishining ajralmas qismi bo‘lib kelayotganligi, mamlakat madaniyatining rivojlanishiga ta’sirchan hissa qo‘shishi, xalqimiz qadim-qadimdan kitobni moʻjizaviy hayot darsligi deb e’zozlashi, ma’naviy tafakkur, xazinalar maskani - kutubxonaga hurmat va e’tibor bilan qaralgani va hozir ham shu e’zoz saqlanib qolganligi haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilariga kelajakda tanlagan kasblari bo‘yicha yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlarida avvalo kitoblarni o‘rni beqiyosligi, jumladan kutubxonachilik kasbi haqida tushuncha berib o‘tildi. Ularga hozirgi zamonaviy kutubxonachi - bu nafaqat o‘quvchiga kerak bo‘lgan kitobni tezda topadigan, balki bosma nashrlarni saqlashning barcha xususiyatlarini biladigan, tashrif buyuruvchilarga axborot xizmatlarini ko‘rsatadigan va zamonaviy tilni yaxshi biladigan mutaxassis, axborot texnologiyalarini boshqara oladigan kasb egasi bo‘lmog‘i lozimligi, kutubxonachi kompyuter dasturlarini bilishi, odamlar bilan muloqot qilish malakasiga, yaxshi xotiraga ega bo‘lishi, kitob o‘qishni yaxshi ko‘rishi, xushmuomalalik, hissiy barqarorlik, qat’iyatlilik, diqqatlilik, aniqlik, tashkilotchilik, sabr-toqat kabi fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligi haqida batafsil tushuntirilib, kutubxonachilik kasbi faxrli kasblardan biri ekanligi ta’kidlandi va bu kasb keng targ‘ib qilindi.
Mahorat darsida kutubxona fondida saqlanayotgan, yangi chop etilgan sara kitoblardan ko‘rgazma tashkil qilinib, atoqli adib Shuxratning “Oltin zanglamas” kitobi o‘qish uchun tavsiya qilindi. Tadbirda 30 nafar 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, ko‘rgazma uchun olib borilgan kitoblardan o‘qish uchun oldilar.
#Zangiota_tuman_akm
📆 31-iyul, 2026-yil
📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-iyul, 2026-yil
“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”
⛹️♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …