#Zangiota_tuman_akm
📅 25-iyun, 2026-yil
Smartfonlardan xoli samimiy muloqot: Kutubxonamizda eng dilbar “Rahbar va yoshlar” o`rtasida dildan davra suhbati bo`lib o`tdi!
🏛 Bugun kunning ikkinchi yarmida, “Sog`lom turmush tarzi” kuni munosabati bilan Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi raxbari S. Axmedova kutubxonamizning yosh mutaxassislari bilan juda samimiy va noan`anaviy formatda uchrashuv o`tkazdi.
📚 Suhbat aynan telefon va gadjetlardan uzuqlashgan holda,jonli muloqaat, kasbiy mahorat va kitobxonlik ruhida kechdi. Raxbar va yosh xodimlar o`rtasidagi uchrashuvda quyidagi qiziqarli va o`ylantiruvchi savollar atrofida dildan fikr almashildi:
– “Kitob va uni o`qish aslida bizga nima beradi?”
– “Siz eng yaxshi ko`rgan adib va qalbingizga muhrlangan asar qaysi?”
– “Ayni damda qo`lingizda qanday kitob bor?”
– “Eng muhimi-yostig`ingiz ostida (uxlashdan oldin o`qish uchun) doimiy hamrohingiz bo`lgan kitob bormi?”
Suhbat davomida kutubxonamizning yosh kuchlari-yosh mutaxassislar o`zlarining mutolaa olami, sevimli qahramonlari haqida to`lqinlanib gapirib berdilar.
Shuningdek, bugungi zamon yoshlarini kutubxonaga qanday jalb qilish, ularni kitobga oshno etishning yangi va innovatsion yo`llari bo`yicha juda qiziqarli taklif va g`oyalar o`rtaga tashlandi.
Uchrashuv yakunida axborot-kutubxona markazi direktori S. Axmedova yosh mutaxassislarning dunyoqarashi va professional mahoratini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi bir nechta sara mottivatsion kitoblarni o`qish uchun tavsiya qildi va ularga tuhfa etdi.
Bunday samimiy suhbatlar jamoamizda yangi kuch, shijoat va yangi ijodiy g`oyalarni uyg`otishi shubhasiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …