#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyun, 2026-yil
🏛 Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan: "Eshonguzar" mahallasida "Kitobxon onalar kuni" boʻlib oʻtdi. Jonajon O`zbekistonimiz Mustailligining 35 yillik toyi oldidan "Eshonguzar " mahallasida oilaviy kitobxonlik muhitini yaratish va farzandlar kamolotida mutolaaning o`rnini kuchaytirish maqsadida "Onaning qo`lida kitob, farzandga ibrat " nomli manaviy-marifiy tadbir bo`lib o`tdi . Tadbirda nafaqat onalar, balki otalar va bolajonlar ham faol ishtirok etib, "Oilada qanday qilib kitobxonlik muhitini yaratish mumkin?" va "Kitobxonlik bizga nima uchun kerak? " kabi mavzularda o`zaro fikr almashdilar.
📚 Tadbirda tuman axborot-kutubxona markazi direktori S. Axmedova ishtirok etib, mamlakatimizda kitobxonlik va kutubxnalarga qaratilayotgan e'tibor hamda yaqindagina start berilgan "Milliy kitobxonlik harakati"ning ahamiyati, kitob o`qish orqali erishiladigan yutuqlar va davlatimiz rahbari tomonidan kitobxonlarga berilayotgan yukasak mukofotlar haqida so`zlab berdi.
Mustaqillik bayrami arafasida kutubxonamizning talim olimpiadalarida, sport yo`nalishida hamda ingliz tilini o`rganishda yuqori natijalarga erishib kelayotgan 3 nafar faol yosh kitobxoniga S. Ikromovna tomonidan bo'sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari va mutolaa qilishlari uchun badiiy adabiyotlar sovg`a qilindi.
📚 Oilaviy mutolaa - uyimizga fayz va farzandlarimiz kelajagiga nur olib kiradi. Kitobxonlik mahalllamizdan, xonadonimizdan boshlansin!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Sayt | Instagram |
Facebook | YouTube | telegram
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …