Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitobxon onalar, kitobxon qizlar
Ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir
Kitob-umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan. Bugun Samarqand veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish instituti Toshkent filialida “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” shiori ostida 21-oktabr- O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Kitobxon onalar va kitobxon qizlar kuni”ga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekistonda qizlarning har tomonlama yetuk va barkamol shaxslar sifatida ulg‘ayishlari uchun barcha sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilganligi, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tengdoshlari o‘rtasida tashabbuskorlik muhitini yaratish borasida xususan, qizlarning ta’lim-tarbiya olishlari, kasb-hunar egallashlari davlatimizning doimiy yuksak e’tiborida ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek tadbirda kitobxon onalar va kitobxon qizlar o’rtasida sevib o’qilgan kitoblari yuzasidan baxs-munozara bo’lib o’tdi. Talabalar tomonidan Ona-Vatan, Ona tilini madh etuvchi she’rlar yod olindi. Mutaxassislar tomonidan T.Malikning “Kelinlar daftariga”, “Baxt saroyi”, L.Xeyning “Ayol donoligi”, T.Sodiqovaning “Oila ilmi”, E.Feynning “Oqila ayol qoidalari”, M.Karimovaning “Aflotun” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi. Tuman madaniyat bo’limi qoshidagi “Hosil” Xalq maqom ansanbli xonandalari ijrosidagi kuy-qo’shiqlar yig’ilganlarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …