Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
17 февраля 2025 г.
Onalar yaratgan dunyo

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Kitobxon onalar kuni
Onalar yaratgan dunyo
Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Bugungi kitobxon onalar kuni munosabati bilan “Onalar yaratgan dunyo” nomli kitobxonlik kuni  “Harakat’ mahallasida  “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”  shiori ostida  o’tkazildi. Unda mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganligi, farovon hayot kechirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanligi, oilada onalar kitob o’qisa farzandlar ham ulardan o’rnak olishi   haqida gapirib oʻtildi.  O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi, tarix fanlari doktori, professor, lirik xonanda  H.Hamidov ushbu tadbirda ishtirok etib,  inson kamolotida kitobning o’rni haqida o’z hayotiy tajribalari, hozirgi kunda ham tinimsiz kitob o’qishi, kitobdan oladigan taassurotlari  bilan o’rtoqlashdi. O’z navbatida bu mahallaning faol buvijonlari, onaxonlari so’zga chiqib oilada farzandlarni qanday qilib kitob o’qishga jalb qilayotganliklari va erishayotgan natijalari haqida to’lqinlanib so’zlab berdilar. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan kutubxona, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berilib, o’qish uchun bir qator kitoblar tavsiya qilindi. H.Hamidov   hamda madaniyat  bo’limi honandalari tomonidan ijro etilgan vatan va tinchlikni tarannum etuvchi qo'shiqlar yigilganlarga yaxshi kayfiyat ulashdi.

25 августа 2026 г.
Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz

#Zangiota_tuman_akm

📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi

📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …

Batafsil
24 августа 2026 г.
Ozod Vatan-porloq kelajak

#Zangiota_tuman_akm

📆 24-avgust, 2026-yil
 

📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …

Batafsil
21 августа 2026 г.
Yashnayver, hur O‘zbekiston!

#Zangiota_tuman_akm

📆 21-avgust, 2026-yil
 

📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …

Batafsil
20 августа 2026 г.
Bir kunlik rahbar

#Zangiota_tuman_akm

📆 20-avgust, 2026-yil
 

📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …

Batafsil
19 августа 2026 г.
Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!

#Zangiota_tuman_akm

📆 19-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …

Batafsil
18 августа 2026 г.
Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!

#Zangiota_tuman_akm

📆 18-avgust, 2026-yil
 

📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …

Batafsil