Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
5 ноября 2024 г.
Vatan nadir, tuqqon yerim, turg‘on yerim

Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Vatan nadir, tuqqon yerim, turg‘on yerim
Yangi kutubxona ochilishi
Joriy yilning 4-noyabr kuni Toshkent viloyatidagi “Chorvoq” oromgohida atoqli shoir, xattot va tarjimon Sidqiy Xondayliqiy tavalludining 140 yilligi munosabati bilan "Vatan nadir, tuqqon yerim, turg‘on yerim!" nomli adabiy-maʼrifiy xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. 
    Toshkent viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi. Ushbu tadbirda tuman axborot-kutubxona markazi direktori S. Axmedova va RMMM tuman bo’linmasi rahbari G.Tursunovalar ham ishtirok etdilar. Bu quvonchli yangilik haqida sizlarga ham ma’lumot berishni joiz deb bildik. 
   Maʼlumki, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarda xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan atoqli shoir va yozuvchilar, ijod ahli namoyandalarining tavallud sanalarini keng nishonlash hamda faoliyatini chuqur o‘rganish va targ‘ib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Sidqiy Xondayliqiy xotirasi va ijodiga bag‘ishlangan kecha ham ana shunday ezgu ishlarning davomidir. 
   Adabiy kechada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Bo‘stonliq tumani hokimi Jo‘rabek Ahmedov, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, adabiyotshunos olim Bahodir Karim, “Saodat” jurnali bosh muharriri Munavvara Usmonova, shoir Zohidjon Olovlar so‘zga chiqdilar.  Tadbirda Sirojiddin Maxdum Mirzohidoxund o‘g‘li Sidqiy 1884-yili hozirgi Bo‘stonliq tumani Xondayliq qishlog‘ida tug‘ilib-o‘sgani, u lirik sheʼrlarida hayotiy, insoniy muhabbat, odamiylik singari yaxshi anʼanalarni davom ettirgani taʼkidlandi. 
   - Ilk sheʼrlarini “Shuhrat”, “Shevan” taxalluslari bilan yozgan, - dedi Ibrohim G‘afurov. -  Keyinroq barcha asarlarini Sidqiy Xondayliqiy taxallusi bilan chop ettirgan. Poetik ijodining asosiy qismini hajviyot va ijtimoiy sheʼrlar tashkil qiladi. Ijtimoiy mavzudagi sheʼrlari esa o‘sha davrning muhim voqealariga bag‘ishlangan.
   Tadbirda Minhojiddin Mirzo Zoir Mirzayevga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan Sidqiy Xondayliqiyning “Saylanma”sini tuhfa qildi.
   “Nazm va navo” ruhidagi adabiy kechada mumtoz kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shoir sheʼrlaridan namunalar o‘qildi.

21 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 21-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …

Batafsil
20 июля 2026 г.
“Islom e’tiqodi ustozi”

#Zangiota_tuman_akm

📅 20-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …

Batafsil
17 июля 2026 г.
“Kitobxon ona-millat fahri”

#Zangiota_tuman_akm

📅 17-iyul, 2026-yil

Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”

 

🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …

Batafsil
16 июля 2026 г.
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi

#Zangiota_tuman_akm

📅 16-iyul, 2026-yil

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.

 

🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …

Batafsil
15 июля 2026 г.
“Qat-qat qatlama aqling yetsa tashlama”

#Zangiota_tuman_akm

📅 15-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …

Batafsil
14 июля 2026 г.
“Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida”

#Zangiota_tuman_akm

📅 14-iyul, 2026-yil
 

🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.

📚 Unda har …

Batafsil