Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yulduzlarga oshno qalb
Davra suhbati
“Ulug‘bek Mirzo yoshligidanoq bobosi Amir Temur saroyida tarbiyalanib, saroyga yig‘ilgan olimu fuzalolar ta’sirida ilm-fanga qiziqadi. Ulug‘bek kichik yoshida ulkan bir mamlakatning sultoni bo‘lib, bobosi Amir Temur kabi jangchi emas, balki ilm-ma’rifat shaydosi edi. Binobarin, u mamlakatda ilm-fan ravnaqiga jon-jahdi bilan kirishar va bu yo‘lda xazinani ayamasdi. Uning davrida Samarqand Sharqning eng gullagan madaniyat o‘chog‘iga aylangan edi”.
Dunyo astronomiyasi taraqqiyotini Mirzo Ulug‘bekning xizmatlarisiz tasavvur etish qiyin. Movarounnahrda qirq yil hukmronlik qilgan sultonning ilm-fan uchun alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi, madrasalar barpo etishi, Samarqandda yirik astronomiya maktabiga asos solishining o‘zi tarix oldidagi katta xizmatidir. Mirzo Ulug‘bek tashabbusi bilan 1424-1428 yillar mobaynida Samarqand shimolida Obirahmat arig‘i bo‘yidagi Ko‘hak tepaligi bag‘riga bunyod etilgan jahonga mashhur rasadxona o‘z davrida osmon jismlarini o‘rganuvchi eng yirik inshoot hisoblangan.
Axborot-kutubxona markazida buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan “Yulduzlarga oshno qalb” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda 8-maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirda o‘quvchilarga Mirzo Ulug‘bek hayoti va ijodi, uning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar uchun kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirib, bahorgi ta’til davrida o‘qishlariga kitoblar tavsiya qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …