#zangiota_AKM
#kitobxon_onalar_kuni
#kavsar_turdiyeva
#navoiydan_merosim_tilim
Yer yuzida dastlabki ota-onaning birinchi farzandi dunyoga kelishi bilan bolalar adabiyoti ham maydonga kelishi inkor qilib bo‘lmas haqiqatdir. Chunki bolalar adabiyotining asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash manfaatlariga qaratilgandir. Binobarin, bolalar adabiyoti namunasi yosh avlodni ilm-ma'rifat nuridan bahramand bo‘lishga chorlaydi, kasb-hunar o‘rganishga chaqiradi, eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi, uning bosh vazifasi farzandlarimizni ma'naviy-axloqiy kamolot ruhida tarbiyalashdir.
Oilada ona ma`naviyatli, kitobxon bo`lsa unda yetilayotgan farzand ma`nan yetuk, barkamol, vatanga o`zgacha muhabbatli bo`ladi. 2023 yil 17 oktabr kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar” kuni noan`anaviy tarzda 14-IDUM faol kitobxon o`quvchilar va ularning onalari ishtirokida bo`lib o`tdi. Tadbirning aziz mehmoni bolalarning sevimli shoirasi Kavsar Turdiyeva bo`ldi.
Ijodkor so`zga chiqib, ajdodlarimiz farzand tarbiyasida kitob mutolaasiga alohida e’tibor qaratganligi, alloma-yu ijodkorlarimiz, tojdor-u daholarimiz ma’naviyati bolalikdan kitobga mehr qo’yish bilan shakllanganligi, ajdodlarimiz xalq ertaklari-yu dostonlarini tinglab tasavvur va tafakkur dunyosini, ruhiyat olamini boyitishganligi, oila boshliqlari farzandlar taqdiriga bee’tibor bo’lmasliklari, bolalar bilan ularning yoshiga mos kitoblar mutolaasini yo’lga qo’yishlari va o’qilgan asarlar, olingan bilimlar, ularning inson hayotidagi o’rni va ahamiyati yuzasidan oilaviy suhbatlar o’tkazishlari, ko’proq o’gil-qizlarining fikr-mulohazalarini tinglashga diqqatni qaratishlari, ularni qo’llab-quvvatlashlari, kamchiliklarini muloyimlik va bosiqlik bilan tuzatishlari kerakligi haqida so`z yuritdi.
Shuningdek, O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun yaqinlashib kelayotgani, 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanayotgani, tilimizning bugungi darajasi, turkiy tillar ichida tutgan mavqei uchun biz ko‘p jihatdan o‘tgan asr boshida yashagan jadid ziyolilaridan minnatdor bo‘lishimiz kerakligi, ular o‘zbek tilining so‘z yasash imkoniyatlaridan dadil va mohirona foydalanganliklari, xalqda milliy g‘urur, ona tiliga hurmat tuyg‘usini tarbiya qilganliklari, bugungi kun onalari va pedagoglar o`sib kelayotgan yosh avlodni ona tiliga sodiq inson qilib voyaga yetkazishlari haqida gapirdi.
Tadbir savol-javoblarga boy, qizg`in tarzda bo`lib o`tdi. Tadbir so`ngida shoira o`zining sara kitoblaridan axborot-kutubxona markaziga sovg`a qildi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 25-avgust, 2026-yil
Mutolaa ma’naviyat ko’zgusi
📚 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi asosida navbatdagi ma’rifiy tadbir “Nurafshon” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlar bilan kitobning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 24-avgust, 2026-yil
📚Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi g‘oyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini o‘zida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yo‘limiz inson qadr-qimmatini yuksaltirish, ko‘p millatli jamiyatimizda do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, uning …
#Zangiota_tuman_akm
📆 21-avgust, 2026-yil
📚O’zbekuston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida “Turkiston” hududi mahallari aholisi bilan ochiq osmon ostida o’tkazilgan "Yashnayver, hur O‘zbekiston!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy tadbir yig’ilganlarning yodida uzoq vaqt saqlanadi. Tuman madaniyat bo’limi xonandalari ijrosida Vatan, …
#Zangiota_tuman_akm
📆 20-avgust, 2026-yil
📚Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyun 59-son buyrug’i ijrosini ta’minlash hamda “Mustaqillikning 35 yilligi-Yangi O’zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida 20-avgust “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasida Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📆 19-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi tobora yaqinlashib kelmoqda. “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida “Qatortol” hududi mahallalari aholisi ishtirokida "Istiqlol — abadiy, e’tiqod — muqaddas!" nomli ma’naviy-ma’rifiy-madaniy targ’ibot …
#Zangiota_tuman_akm
📆 18-avgust, 2026-yil
📚O’zekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida mahallalarda aholiga bayramona kayfiyat ulashish, Vatanga muhabbat, shukronalik tuyg’usini shakllantirish maqsadida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Nazarbek hudidi mahallalari aholisi ishtirokida "Vatanim — baxtim, hurriyatim — taxtim!" nomli …