Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Zakovat
O`sib kelayotgan yosh avlodni kitob o`qishga qiziqtirish, ularning murg`ak qalblarida kitobga mehr uyg`otish hamda adabiy immunitetni shakllantirish, mantiqiy bilim darajasini o`stirish shuningdek, o`quvchi yoshlarning ma`naviy salohiyatini yuksaltirish hamda, 2024 yil –“Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash” yili munosabati bilan 2 fevral kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida 14-umumta`lim maktabi bilan hamkorlikda 5-sinf o`quvchilari o`rtasida yozuvchi T.Malikning “Alvido… bolalik” qissasi yuzasidan “Zakovat” intellektual o`yini bo`lib o`tdi. Tadbir davomida o`quvchi yoshlar yuqori bilim darajalari va kitob o`qishga bo`lgan qiziqishlari bilan hakamlar hay`atini mamnun qildilar. O`yin jamoalarning durrang natijasi bilan yakunlandi. Ishtirok etgan guruhlar va ularning ustozi axborot-kutubxona markazi tomonidan badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandilar. Tadbir doirasida yangi kelgan bolalar adabiyotlari, jumladan rus yozuvchisi I.A.Krilov asarlari yuzasidan kitob ko’rgazmasi tashkil qilinib, yig’ilganlarga o’qish uchun tavsiya qilindi. O’quvchi-yoshlar uchun kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi va ular o’zlari qiziqqan kitoblarni o’qish uchun oldilar.
#Zangiota_tuman_akm
📅 9-aprel, 2026-yil
📚 Buyuk Temuriylar davlati asoschisi, adolatli xalqparvar siyosatchi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan hamda Amir Temur va temuriylarning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini targʻib qilish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Buyuk salohiyat sohibi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan …
#Zangiota_tuman_akm
📅 9-aprel, 2026-yil
🏛️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 fevralda qabul qilingan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📅 8-aprel, 2026-yil
🏛️ Tumandagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Sohibqiron – Amir Temur" oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda "Zakovat" bilimdonlar bellashuvi tashkil etildi.
📚 Tadbirda o‘quvchilarga Amir Temurning hayot yo‘li, uning yuksak harbiy iste’dodi, dono siyosati va adolatli davlat boshqaruvi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Sohibqiron …
#Zangiota_tuman_akm
📅 7-aprel, 2026-yil
🏛️ O’quvchilarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Kitob bilan kelajak sari” nomli kitobxonlik soati tashkil etdilar.
📚 Tadbirda kitob o’qishning foydali tomonlari, hozirgi kunda o’quvchilarning …
#Zangiota_tuman_akm
📅 6-aprel, 2026-yil
📚Zamonaviy texnologiya va vositalar juda keng tarqalgan bugungi kunda yoshlarni, bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularni mutolaa jarayoniga jalb qilish murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda. Bola uchun kitob haqiqatan ham eng yaxshi sovg’a, ammo uni barcha bolalar birdek sevib o’qishni istamaydi.
🏛 O’quvchi-yoshlarning kitob mutolaasiga …
#Zangiota_tuman_akm
📅 3-aprel, 2026-yil
🏛️ Joriy yilning 3-aprel kuni Zangiota tumani axborot - kutibxona markazida tuman IIB va kutubxona xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot beruvchi “Siyosiy-ma'rifat soati" oʻtkazildi hamda rejaga asosan 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘lishi munosabati bilan …