Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Siyosiy qatag’on qurbonlarini xotirlab
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Bugun axborot-kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19-iyul 2024-yildagi “Siyosiy qatag’on qurboni bo’lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o’rganish, targ’ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to’g’risida”gi PQ-207 sonli qarori va Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 25-iyuldagi 63-son buyrug’i, Toshkent viloyati “TURON” axborot-kutubxona markazining 5-avgustdagi 36-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya- Yangi O’zbekiston poydevori” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir RMMM tuman bo’linmasi, madaniyat bo’limi, maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi hamkorligida o’tkazildi. So’zga chiqqanlar siyosiy qatag’on qurboni bo’lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyati, bugungi farovon kunlarimiz uchun olib borgan kurashlari hamda ajdodlarimizning yurtni istiqlol sari boshlash, xalqni ma’rifatli qilish yo’lidagi fidoiyliklari haqida ma’lumotlar berib, ularning ilmiy, adabiy meroslarini keng targ’ib qildilar. Shuningdek, madaniyat bo’limi xonandalari tomonidan ijro etilgan jonli ijrodagi qo’shiqlari, 13-umumiy o’rta ta’lim maktabining “Jadidlar izdoshlari” nomli to’garak a’zolari tomonidan ijro etilgan sahna ko’rinishlari tadbir ishtirokchilariga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi. Tadbir so’ngida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Z.Ne’matning “Qatag’on o’pqoni”, R.Shamsutdinovning “Qatag’on qilingan yurtdoshlarni xotirlab”, “Jadid adabiyoti durdonalari” rukni ostida nashr etilgan “Abdurauf Fitrat” hamda “Usmon Nosir” kitoblari o’qish uchun tavsiya qilindi.
#Zangiota_tuman_akm
📆 31-iyul, 2026-yil
📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …
#Zangiota_tuman_akm
📆 30-iyul, 2026-yil
“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”
⛹️♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi
📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …
#Zangiota_tuman_akm
📆 29-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …
#Zangiota_tuman_akm
📆 28-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …
#Zangiota_tuman_akm
📅 27-iyul, 2026-yil
📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …