Xatolik haqida xabar yuboring, biz albatta to'g'rilaymiz!

Xatoligi bor matn:
Yuborish
8 февраля 2022 г.
“Ikki daxo – ikki bebaho”

Bugun 8 fevral kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida mumtoz o'zbek adabiyotining yirik namoyondalari, buyuk mutafakkir va davlat arboblari,  she’riyat mulkining ikki sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir, sarkarda Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludi kuniga bag‘ishlangan “Ikki daxo – ikki bebaho” nomli  adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada Zangiota tumani ijodkori, adabiyotshunos M.Jo'rayeva ishtirok etdi. Tadbir AKM qoshida tashkil etilgan  “Kitob qalb quyoshi” nomli faol kitobxonlar klubi bilan hamkorlikda tashkillashtirildi. Kechani axborot-kutubxona markazi direktori S.Axmedova ochib berdi. Kechada O'zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo'shgan va o'zbek tilining asoschisi Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida so'z yuritilib, AKMning faol kitobxonlari tomonidan ikki buyuk siymo qalamiga mansub g'azallar va ruboiylardan parchalar o'qildi. Tadbirga ko'tarinki ruh bag'ishlash maqsadida tuman madaniyat bo'limi “Xosil” xalq maqom ansambli tomonidan Alisher Navoiy va Bobur qalamiga mansub g'azallaridan qo'shiqlar ijro etildi. Tadbir so'ngida AKMning abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassisi G.Abdurahimova A.Azamning “Navoiy g'azallarida hazil-mutoyiba” nomli kitobining taqdimotini o`tkazdi.

31 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 31-iyul, 2026-yil
 

📚O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida hamda 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” shiori ostida Zangiota tumani "Navqiron" mahallasida istiqomat qilayotgan qozoq millati vakillari tomonidan "Tusov keser" marosimi …

Batafsil
30 июля 2026 г.
“Intellekt va sport uyg’unligi”

#Zangiota_tuman_akm

📆 30-iyul, 2026-yil

“Payshanba-Yoshlar kuni”
“Intellekt va sport uyg’unligi”
“Ish kunini yuqori shijoat bilan boshlagan kutubxonachilar!”

 

⛹️‍♂️ “Payshanba – Yoshlar kuni” axborot-kutubxona markazida haqiqiy gʻayrat va tetiklik bayramiga aylandi!
Kutubxona direktori Surayyo Axmedovaning shaxsiy namunasi va boshchiligida yosh mutaxassislar ish kunini jo’shqin badantarbiya mashqlari bilan boshladilar.
Ammo bu …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“Yosh kutubxonachilar” forumi

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil

O'zbekiston Respublikasi Mustqillikning 35 yillik to'yi oldidan
“Yosh kutubxonachilar” forumi

 

📚 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan 29–31-iyul kunlari “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovi bo'lib o'tadi. Bugun ushbu forum ishiga start berildi. Forumda saralab olingan yosh …

Batafsil
29 июля 2026 г.
“O’zbekiston-bag’rikeng diyor!”

#Zangiota_tuman_akm

📆 29-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g’oyasi ostida, 30 iyul — “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston-bag’rikeng diyor!” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etilib, keng kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.
Ko’rgazmadan yurtimizda istiqomat …

Batafsil
28 июля 2026 г.
“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📆 28-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, aholini, yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo'lgan qiziqishini oshirish, aholiga axborot- kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish …

Batafsil
27 июля 2026 г.
“Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz”

#Zangiota_tuman_akm

📅 27-iyul, 2026-yil
 

📚 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash hamda aholining ayniqsa yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari, yangi chop etilgan badiiy va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida …

Batafsil