Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Ta’zimdamiz har on, har qachon, sizga ta’zim- Aziz Ustozlar!
Adabiy-badiiy kecha
O‘qituvchi va murabbiy – jamiyatning eng e’zozli, hurmatga sazovor vakillaridan biridir. Ustozlar yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va ularni kelajakda munosib inson bo‘lib kamol topishlarida o‘z bilim va tajribalarini ayamaydilar. Shu bois ustozlik – sharafli va mas’uliyatli kasb hisoblanadi. Yurtimizda 1-oktabr – “O‘qituvchi va Murabbiylar kuni” alohida ehtirom bilan keng nishonlanadi. Ana shu munosabat bilan axborot-kutubxona markazida “Ta’zimdamiz har on, har qachon, sizga ta’zim- Aziz Ustozlar!” nomli adabiy-badiiy kecha bo’lib o’tdi. Unda tumanning ma’naviyat va ma’rifat fidoiylari ishtirok etdilar.
Farzandning dunyoga kelib, dunyoni o‘rganishida xizmat qiluvchi birinchi tarbiyachisi ota-onasi hisoblansa, inson sifatida kamol topishida, ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyos ekanligi qayta-qayta ta’kidlandi. Shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Zangiota tumani amalga oshirgan ishlari natijasiga ko’ra namunali tuman deb topilganligi haqida so’z yuritildi. O‘tkazilgan bayram tadbirida joriy yil davomida maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishga munosib hissa qoʻshgan targʻibotchilarga esdalik sovgʻalari hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Zangiota tuman bo‘linmasining "Tashakkurnoma"lari topshirildi. Taqdirlanganlar qatorida axborot-kutubxona markazi mutaxasislarining borligi quvonarli. Bunday tadbirlar xodimlarni kelajakda yanada shijoat bilan ishlashga ilhomlantiradi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 21-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan, “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, tuman aholisi, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish, ularni kutubxona fondidagi eng sara kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxona …
#Zangiota_tuman_akm
📅 20-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona markaziga bugun tuman ichki ishlar bo’limi qo’riqlash xizmati xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurdilar. Ular ishtirokida Islom olamining …
#Zangiota_tuman_akm
📅 17-iyul, 2026-yil
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa!
“Kitobxon ona-millat fahri”
🏛 Jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining shonli 35 yillik to’yini munosib kutib olish, ulug’ ayyom oldidan xalqimizning kayfiyatini yanada ko’tarish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh gʻoyasi asosida “Amir …
#Zangiota_tuman_akm
📅 16-iyul, 2026-yil
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to’yi oldidan
Yoshlar –Yangi O’zbekiston tayanchi.
🏛 Bugun tuman hokimi E.Rustamov boshchiligida, tuman prokurori, tuman gazetasi bosh muharriri, tuman axborot-kutubxona markazi rahbari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi rahbarlari, tumandagi yosh tadbirkorlar, ayniqsa kutubxona va kitob do’koni ochish istagida bo’lgan tashabbuskor …
#Zangiota_tuman_akm
📅 15-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog’lomlashtirish masalalari bo’yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni hamda “Dolzarb 90 kun” dasturi …
#Zangiota_tuman_akm
📅 14-iyul, 2026-yil
🏛 O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik to'yi oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida, “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash, kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Adolat va qonun ustuvorligi yo’lida” nomli kitobxonlik soati o’tkazildi.
📚 Unda har …