Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi
Yoshlar ma’naviyati va kitobxonlik madaniyati
Kitob ko’rgazmasi
Kitob, shak-shubhasiz, insoniyat tomonidan yaratilgan buyuk mo‘’jizalardan biri. Daraxt po‘stlog‘i yoki teriga yoziladimi, qog‘oz yoki sopolga bitiladimi – bashariyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muqaddas kitoblar, keyingi davrlarda yaratilgan ilmiy va badiiy kitoblar, bugun urf bo‘layotgan elektron kitoblar – barcha-barchasi insonning intellektual va ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladi. Kitob mutolaasi, kitobxonlik esa hamma zamonlarda ham qadrlanib, e’zozlangan an’analardan.
Axborot-kutubxona markazi har doim kitobxonlar bilan gavjum. O’quvchi yoshlarning hoxish va istaklarini inobatga olgan holda mutaxassislar tomonidan kitoblar tavsiya etib borilmoqda. Bugun yosh kitobxonlarga B.Akbarovning “Xayolimdagi hiloyalar”, A.Chexovning “Kashtanka”, “Mening birinchi ensiklopediyam” rukni ostida nashr etilgan “Yuqori texnologiyalar: g’aroyibotdan amaliyotga” hamda “Dinozavrlar” kitoblarining targ’iboti olib borildi.
#Zangiota_tuman_akm
📅 9-aprel, 2026-yil
📚 Buyuk Temuriylar davlati asoschisi, adolatli xalqparvar siyosatchi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan hamda Amir Temur va temuriylarning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini targʻib qilish maqsadida axborot-kutubxona markazida “Buyuk salohiyat sohibi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmadan joy olgan …
#Zangiota_tuman_akm
📅 9-aprel, 2026-yil
🏛️ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 6 fevralda qabul qilingan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan …
#Zangiota_tuman_akm
📅 8-aprel, 2026-yil
🏛️ Tumandagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Sohibqiron – Amir Temur" oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir hamda "Zakovat" bilimdonlar bellashuvi tashkil etildi.
📚 Tadbirda o‘quvchilarga Amir Temurning hayot yo‘li, uning yuksak harbiy iste’dodi, dono siyosati va adolatli davlat boshqaruvi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Sohibqiron …
#Zangiota_tuman_akm
📅 7-aprel, 2026-yil
🏛️ O’quvchilarning kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning ma'naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi 14-maktabning boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan “Kitob bilan kelajak sari” nomli kitobxonlik soati tashkil etdilar.
📚 Tadbirda kitob o’qishning foydali tomonlari, hozirgi kunda o’quvchilarning …
#Zangiota_tuman_akm
📅 6-aprel, 2026-yil
📚Zamonaviy texnologiya va vositalar juda keng tarqalgan bugungi kunda yoshlarni, bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularni mutolaa jarayoniga jalb qilish murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda. Bola uchun kitob haqiqatan ham eng yaxshi sovg’a, ammo uni barcha bolalar birdek sevib o’qishni istamaydi.
🏛 O’quvchi-yoshlarning kitob mutolaasiga …
#Zangiota_tuman_akm
📅 3-aprel, 2026-yil
🏛️ Joriy yilning 3-aprel kuni Zangiota tumani axborot - kutibxona markazida tuman IIB va kutubxona xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot beruvchi “Siyosiy-ma'rifat soati" oʻtkazildi hamda rejaga asosan 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 690 yil to‘lishi munosabati bilan …